7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet22/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

11-§. ARAB XALIFALIGI




Xalifalikning vujudga kelishi // Xaliflarning islohotlari





Xalifa nomi

Xalifalik yillari

Xalifa davrida amalga oshirilgan islohotlar

1



Abu Bakr



632–634-yy



Arabiston yarimoroli aholisi islomni to‘liq qabul qildi.



2

Umar

634–644-yy

1) islom dunyosida o‘zining saxiyligi, adolatparvarligi
va din masalalarida qat’iyligi bilan shuhrat qozongan



2) Uning davrida arablar Falastin, Suriya,
Misr va Liviyani, Eronning katta qismini istilo qilganlar.



3



Usmon

644–656-yy



1) Eron to‘liq bosib olingan.



2) Arab qo‘shinlari Dog‘istonni egallab, Amudaryo
sohillariga chiqadi.



3) Usmon davrida Qur’on oyatlari to‘planib yagona kitob holiga keltirilgan

4



Ali



656–661-yy



o‘z raqiblari bilan to‘xtovsiz urushlarda o‘tadi.




Xalifalik qo‘shinlari VIII asr boshlarida Shimoliy Afrikani to‘liq bo‘ysundiradi. Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo‘shini 711-yilda keyinchalik uning nomi bilan atalgan Gibraltar (Jabal at-Toriq – «Toriq tog‘i» so‘zidan) bo‘g‘ozidan o‘tib, Ispaniyani bosib oladi. Puate jangida 732-yilda franklar hukmdori Karl Martell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga chek qo‘yadi. Sharqda arablar Kavkazorti va O‘rta Osiyoni bosib olib, aholini islom diniga kiritadilar.





Xalifalikning Sharqqa yurishlari davom etgan hududlar

1

O‘rta Osiyoda

Talas

2

Hindistonda

Mo‘ltonga

3

Yevropaga yurishlar

Bordo shahri bo‘sag‘alariga



  • VII–VIII asrning birinchi yarmida ulkan hududlarni egallagan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi.


Xalifalikda yer-mulk munosabatlari.
Arablar istilo qilgan barcha mamlakatlardagi yerlar davlatniki deb e’lon qilinsa-da, amalda avvalgi egalari qo‘lida qoladi. Suriya va Eron istilo etilgach, zodagonlar xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar. Lekin xalifa Umar yerni egalarida qoldirishni buyuradi. Istilo qilingan mamlakatlar hukmdorlari, janglarda halok bo‘lgan amaldorlar, hokimiyat vakillari
yerlari xalifalik xazinasiga o‘tgan. Bunday yerlar nihoyatda katta maydonlarni tashkil etgan.





Arablar joriy qilgan soliq turlari

1

xiroj

Yer solig`i

hosilning 1/3 qismini tashkil etgan.

2

jizya

Islomni qabul qilmaganlardan olinadigan soliq



boylardan 48 dirham

O‘rtahollardan 24 dirham

kambag‘al dehqon va hunarmandlardan 12 dirhamdan



3

zakot

Chorva mollari va savdodan olingan

1/40 hissani tashkil etgan

Arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari.
VIII–IX asrlarda istilo qilingan mamlakatlarda qator xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tgan.




Arab xalifaligiga qarshi ko`tarilgan xalq qo`zg`alonlari



Qo`zg`alon nomi

Qo`zg`alon yili

Qo`zg`alon haqida ma`lumot

1

Iroqning Kufa shahrida

685–687-yy

qo‘zg‘olonda arab va forslar – shahar kambag‘allari va hunarmandlar qatnashgan

2



Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon



747-749-yy

Qo`zg`alonda aholining barcha toifalari ishtirok etadi. Qo‘zg‘olon Movarounnahr
va Xurosonni qamrab oladi
. Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon natijasida Umaviylar hukmronligi tugatilib,
xalifalikda boshqaruv yangi sulola Abbosiylarga o‘tadi



3

Muqanna boshchiligida

769–783 yy

Movarounnahr markazi Sug‘diyonada bo`lib o`tdi

4

Bobak boshchiligidagi qo‘zg‘olon



815-yilda

Ozarbayjonda bo`lib o`tdi. qo‘zg‘olon ham 20
yildan ortiq davom etadi. Tarixda
«qizil koylaklilar» nomini olgan bu
qo‘zg‘olon qatnashchilarining shiori quyidagicha edi: «Qirq yil qul bolib yashagandan bir kun ozod bolib yashagan ma’qul!».




Arab xalifaligi 630–1258-yillarda hukm surgan. Unda Umaviylar (661–750) va Abbosiylar sulolalari
(750–1258) hukmronlik qilgan.
Xalq qo‘zg‘olonlari, urushlar, hokimiyat uchun kurashlar xalifalikning siyosiy inqiroziga sabab bo‘la-
di. Xalifalikdan ajrab chiqqan birinchi mustaqil amirlik 756-yilda Ispaniyada tashkil topadi. U X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oladi. IX asrdan Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson
mustaqillikka erishadi. Abbosiylar qo‘lida Yaqin Sharq va Arabiston yarimoroli qoladi, xolos. Mo‘g‘ul xoni Xuloku1258-yilda Bag‘dodni egallagandan so‘ng, Arab xalifaligi
barham topadi
12-§. HINDISTON
Mamlakatdagi ichki vaziyat. Kushonlar imperiyasining inqirozidan so‘ng, Hindistonda hokimiyatni egallagan Chandragupta I (320–340) guptalar sulolasiga asos soladi. Guptalar davlatining poytaxti Pataliputra shahri bo‘lgan. IV asrning so‘ngida – guptalar imperiyasi gullab-yashnaydi. IV asrning so‘ngidan boshlab paytdan boshlab Hindistonda yer egaligi munosabatlari vujudga keladi.

  • Hukmdorlar o‘z yaqinlari –amaldorlari, harbiy boshliqlariga yer-mulklar in’om etganlar. Natijada, yirik yer egalari tabaqasi shakllanadi. Ular dehqonlarning soliqlar to‘lashidan tashqari, mehnat majburiyatlarini o‘tashini ham joriy etadilar.



  • Ilk o‘rta asrlarda mamlakat aholisining kasta-varna (toifa)larga bo‘linishi: braxmanlar, kshatriylar, vayshilar va shudralar saqlanib qoladi.



  • Hindistonda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko‘rinishda bo‘lmasdan, qulchilik udumlari ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. Ammo qullar mehnatidan ishlab chiqarishda emas, ko‘pincha uy yumushlarida foydalanishgan. Xo‘jayin qulni yegulik bilan ta’minlashdan tashqari unga yilda bir marta kiyim ham olib bergan.




  • Mamlakatda siyosiy tarqoqlik. VI asrda Hindistonga bostirib kirgan eftaliylar hujumlari ostida guptalar imperiyasi parchalanib, istilochilar mamlakatning katta qismini qo‘lga oladi.



  • VII asrda Hindistonda bo‘lgan Xitoy tarixchisi Syuan Szyanning yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo‘lgan. Knyazlar bilan rojalar o‘rtasida tinimsiz urushlar bo‘lib turgan. Qo‘lga kiritilgan o‘ljalar, yerlar g‘oliblar orasida taqsimlangan.





Humkdor tomonidan berilgan yer-mulklar

1

Grass(«bo‘lak» yoki «qultum»)

In’om etilgan yer maydoni, uni olgan shaxs harbiy xizmat o‘tab berishi lozim bo‘lgan

2

Patta («yorliq» yoki «yorliqqa olingan yer»)

1) O‘z xonadoniga mansub bo‘lmagan amaldorlarga rojalar yerni ma’lum muddatga foydalanishga berilgan.



2) Pattadan alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarni taqdirlash uchun ham foydalanishgan



3) Mulkchilik munosabatlari mustahkamlanib borishi bilan patta yerlari ham avloddan-avlodga o‘tadigan merosiy mulkka aylana boshlagan

O‘zaro urushlardan kuchsizlanib borgan Hindistonni chet bosqinchilar ham talaganlar. Xususan, Arab


xalifaligining parchalanishidan vujudga kelgan musulmon davlatlari hukmdorlari
XI asrda Hindistonga hujum boshlaydilar. G‘azna hukmdori Mahmud G‘aznaviyning qo‘shinlari

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling