7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet21/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Arablar e’tiqodi.

  • Arablarning ko‘pchiligi majusiy bo‘lishgan.

  • Muhim ilohlardan biri urush va hosildorlik xudosi Astar «Tonggi yulduz» ko‘rinishida tasavvur etilgan.

  • Oy xudosi – Sin,

  • Ona xudo – Lat bo‘lgan

  • Quyosh xudosi dahshatli va halokatli hisoblangan.

  • Arablar tabiiy va qo‘lda tayyorlangan tosh ustunlarni e’zozlashgan

Ijtimoiy tengsizlikning paydo bo‘lishi.

  • VI asrda aholi soni ko‘payib, qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchaygan.

  • VII asrning boshlarida urug‘chilik tuzumining inqirozini tezlashgan

  • Eron shohi Xisrav I Yamanni 570-yilda istilo qilishi bilan karvon yo‘li eronliklarga qarashli Ikki daryo oralig‘iga siljiydi.



Islom dini va arablarning birlashuvi.



Islom (arabcha, itoat, tobelik) – jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Unga e’tiqod qiluvchilar musulmonlar deb ataladi. Islom tarixchilari uning asoschisi bo‘lajak payg‘ambar Muhammad alayhissalomni 570-yilda Makkada tavallud topganini yozadilar. U quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘iga mansub, uncha boy bo‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tug‘ilgan. Muhammad (s.a.v.) go‘dakligidayoq yetim qolgan. Tug‘ilmasdan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa onasi Omina vafot etgan. Uning keyingi hayoti bobosi Abdulmutalib homiyligi ostida o‘ta boshlagan. Bobosining o‘limidan so‘ng Muhammad (s.a.v.) amakisi Abu Tolib tarbiyasida qolgan.




Qur’on (arabcha, qiroat, o‘qish) – islom diniga e’tiqod etuvchilarning muqaddas kitobi bo‘lib, Alloh taolo tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy orqali nozil qilingan. Qur’on yigirma uch yil davomida nozil qilingan bo‘lib, 114 suradan iborat.



  • Dastlab Makka qurayshlari tomonidan yangi din yaxshi qarshilanmaydi. Natijada 622-yilda Muhammad (s.a.v.) o‘z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi. Bu voqea hijrat (ko‘chish) nomini olib, musulmon yil hisobining boshlanish sanasi hisoblanadi.

  • Makkadagi Ka’ba musulmonlarning asosiy ziyoratgohiga aylantiriladi.

  • Keyingi 10–12 yil davomida Arabiston shaharlari va ko‘chmanchi qabilalar birin-ketin Muhammad (s.a.v.)ga itoat etadi.

  • 630-yilga kelib arablarning katta qismi musulmon bo‘ladi. Makka – islom dinining markazi dunyodagi barcha musulmonlar uchun muqaddas shaharga aylanadi.





Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling