XI asr boshlarida mamlakat shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlari uyushtirgan. Ma’lum muddat o‘tib Hindistonning shimoliy qismi musulmon hukmdorlari tomonidan to‘liq bosib olinadi.
Savdo-sotiq aloqalari.
Hindistonning g‘arbida ko‘plab dengiz porti shaharlari bo‘lib, ularga chet o‘lkalardan turli
buyumlar keltirilar va, o‘z navbatida, hind hunarmandlari tayyorlagan xilma-xil buyumlar dunyoning turli burchaklariga olib ketilardi. Eng yirik port-shahar Kalikut hokimini «dengiz xo‘jayini» deb atashardi. Shaharlardagi gavjum bozorlarda mahalliy va boshqa mamlakatlardan keltirilgan buyumlar sotilardi. Xitoy, Afrika, Arabiston, O‘rta Osiyodan ko‘plab savdogarlar mato, zargarlik buyumlari, atir-upalar, ziravorlar olish maqsadida hind shaharlariga kelishardi.
13-§. XITOY (IV–X ASRLARDA)
Xitoyning birlashishi.
№
|
Xan quldorlik imperiyasi III asrda inqirozga uchrab, uning o‘rnida 3 ta mustaqil davlatga bo`linishi
|
1
|
Vey
|
2
|
Shu
|
3
|
U
|
III asrdan Xitoyda yerga egalik munosabatlari shakllana boshlaydi.
VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligining hujumi xavfi Xitoyning birlashuviga turtki bo‘lgan.
№
|
Suy sulolasi (589–618) davrida amalga oshirilgan islohotlar va ayrim ma`lumotlar
|
1
|
Suy sulolasi ixtiyorida kuchli qo‘shindan tashqari, ko‘p sonli sodiq amaldorlari ham bor edi
|
2
|
Mamlakatning markazlashuvi 4 asr davom etgan o‘zaro urushlarga chek qo‘yib, iqtisod va madaniyatning rivojlanishiga olib kelgan
|
3
|
Ekin maydonlari kengayib, aholi soni ko‘paygan, savdo-sotiq jonlanib, shaharlar yuksala boshlagan. Yangi hokimiyat soliqlarni tartiblashtirib, pul islohoti o‘tkazgan
|
4
|
III asrda Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlaydi.
|
5
|
Suy sulolasi (589–618) davrida Xitoyda markazlashuv nihoyasiga yetdi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |