7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet25/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

1 milliondan ortiq kishi jalb etilgani haqida yozilgan. Imperator o‘z a’yonlari, lashkarboshilari, amaldorlari va zodagonlarga yirik yer maydonlarini taqdim etgan. Jumladan, ayrim a’yonlarning mavqelari: unvon va lavozimlariga qarab 500 dan 10 ming mugacha yer bilan taqdirlanganlar. Manbalarda alohida xizmatlari uchun harbiy yoki amaldorga 300 dan 6 ming mugacha yer berilgani qayd etilgan.



Shaharlar, hunarmandchilik va savdo.
Xitoyda VI asrdanoq shaharlar birmuncha yuksaladi. Chegara hududlarida yangi shahar-qal’alar bunyod etila boshlaydi. Dengiz va daryo portlarida, xomashyo serob joylarda, savdo-hunarmandchilik yuksalib, yangi shaharlar vujudga keladi. Buyuk kanal hamda dengiz sohillari bo‘ylab, VII asrda
1) Xanchjou, 2)Kayfin, 3)Yanchjou shaharlarining yuksalishi ham savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Ushbu jarayon qonunlarni kuchaytirishni ta-
qozo etib,Tan imperatorlari shaharlarda kechasi ko‘chaga chiqishni taqiqlaydi. Kechasi shahar darvozalari yopib qo‘yilgan; shahar devoridan oshib o‘tganlar 70 darra kaltaklanishi joriy etilgan. Albatta, bu tadbirlar shaharlarda tinchlik-osoyishtalikni, mol-mulk daxlsizligini saqlashga qaratilgan edi.


VII–VIII asrlarda Xitoyda 1)tog‘-konchilik sohasi, 2)chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish ham yuksalgan. Xitoyning markazlashuvi va iqtisodiy taraqqiyoti savdo-sotiqning ham yuksalishini ta’minlagan. Eng yirik bozor Yanchjouda bo‘lib, bu shahar suv va quruqlik savdo yo‘llari kesishgan joyda joylashgan edi. Ushbu davrda vujudga kelgan yarmarkalar ham ichki savdoning kengayishiga xizmat qilgan. Xitoyda VII asrdan yagona pul – syanning joriy etilishi ham iqtisodiy yuksalishga xizmat qilgan. Zarb qilingan tangalarning o‘rtasida to‘rtburchak teshigi bo‘lib, u pulni ipga tizishga mo‘ljallangan edi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling