7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)
Download 1.37 Mb.
|
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘arbiy Turk xoqonligiga
- 14-§. OSIYO MAMLAKATLARI MADANIYATI Islom madaniyati va O‘rta Osiyo.
- Horun ar-Rashid
- savdoning
- Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziy
- Al-Ma’sudiy
- « Ming bir kecha »
- xattotlik – husnixat
- 1)matematika
Tashqi siyosat.
Tan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy Turk xoqonligiga qarshi urushlar olib boradi. Imperator qo‘shinlari 640-yilda Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Gaochan davlatini mag‘lub etadi. Shundan so‘ng uyg‘urlarga qarshi uzoq yillar davom etgan urushlarboshlanadi. G‘arbiy Turk xoqonligiga qarshi 20 yildan ko‘proq davom etgan urushlar ham Xitoy qo‘shinlari g‘alabasi bilan tugaydi. Koreyaga qarshi 668-yilda boshlangan urush, uning poytaxti Pxenyanning olinishi bilan yakunlanadi.
14-§. OSIYO MAMLAKATLARI MADANIYATI Islom madaniyati va O‘rta Osiyo. Arab xalifaligi tomonidan istilo etilgan mamlakatlarda yangi – arab sivilizatsiyasi vujudga keldi. Uning paydo bo‘lishida islom dinining ahamiyati nihoyatda kattadir. G‘arbiy Osiyoning qadimgi yuksak madaniyatli o‘lkalariga kelgan arablar dastlab yunonlar, yahudiylar, suriyaliklar, forslar, sug‘diylarga nisbatan qoloq edilar. Ammo ushbu xalqlar madaniyatini o‘zlarida singdirib, yanada yuksakroq madaniyatning vujudga kelishiga sharoit yaratdilar. Xususan, xalifa Horun ar-Rashid saroyida IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» – «Donishmandlik uyi» tashkil etiladi. Bu davrda aniq fanlar – 1)matematika, 2) astronomiya, 3)geografiyaning taraqqiyoti kuzatilib, bu jarayon hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi. Zamonlar o‘tib xalifalikda ixtiro qilingan globus va usturlob (astrolyabiya)dan barcha mamlakatlarda foydalana boshlanadi. Yevropa tibbiyoti esa XVII asrning o‘rtalariga qadar bilim va amaliy tavsiyalarni O‘rta Osiyoda yetishib chiqqan allomalar – Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziy asarlaridan olgan.Vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy (IX asr) matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soladi. Matematikada foydalana boshlangan hind raqamlari keyinchalik Yevropaga arab raqamlari nomi bilan tarqaladi. Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilib, ularda murakkab o‘lchovlardan foydalangan astronomlar yer sharining meridianini hisoblab chiqadilar. Arab sayyohlari yevropaliklardan bir necha asr avval Hindiston va Xitoyda, Afrika va Sharqiy Yevropaning eng chekka hududlarida bo‘lib qaytadilar. Al-Ma’sudiy, Ibn Dast, Ibn Fadlan, Ibn Battuta ushbu o‘lkalar haqida qiziqarli asarlar yozib, xaritalarini tuzadilar. Arab Adabiyoti. Musulmon adabiyoti dastlab arab tilida yaratiladi. Keyinchalik X asrga kelib u fors tiliga tarjima qilina boshlaydi. Arab adabiyotining ajoyib durdonasi «Ming bir kecha» yaratiladi. Arab Me’morchililigi Yodda saqlang:Xalifalikda san’atning barcha sohalariga nisbatan me’morchilik yuksak taraqqiy etgan.
Xalifalik madaniyati asosiy sohalaridan yana biri xattotlik – husnixat san’ati bo‘lgan. Xattotlar yozish uchunzarur bo‘lgan matn mazmuniga monand yozuvning turli uslublarini ixtiro qilganlar. Qur’oni karimdan olingan oyatlar islom me’morchiligi durdonalari bo‘lgan binolarning ichki va tashqi tomonlarini bezashda keng qo‘llanilgan. Sharq madaniyati Yevropa madaniyatining keyingi taraqqiyotiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Keyingi asrlarda yevropalik olimlar Osiyo mamlakatlarining 1)matematika, 2)tibbiyot, 3)astronomiya, 4)kartografiya sohalaridagi yutuqlarini o‘zlashtirishgan. Arab yozuvi Suriyada oromiylar yoki arab xristianlari ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan. U 28 ta harfdan iborat bo‘lib, arab yozuvi chapdan o‘ngga emas, o‘ngdan chapga tomon bitilgan. Agar xristianlar uchun eng muqaddas tasvir xochdagi xudo siymosi bo‘lsa, musulmonlar uni xudoning so‘zida tasvirlaganlar. So‘zni muqaddas bilganlar. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling