38-§. XITOY
Iqtisodiy taraqqiyot. Sun sulolasining (960–1279) hokimiyatga kelishi bilan Xitoyda uzoq davom etgan
siyosiy tarqoqlik va o‘zaro urushlarga chek qo‘yildi. Natijada mamlakat xo‘jaligining yuksalishiga zamin yaratildi. X asrdan suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi moslamalardan keng foydalana boshlandi. Chig‘irdan foydalanish ekin maydonlarini ko‘paytirish imkonini bergan.XI asr boshlarida ekin maydonlarining yarmi yirik zamindorlar qo‘liga o‘tgan. Bu yerlarda, asosan, ijarachi dehqonlar ishlagan.
Xitoyda erkin dehqonlarning aksari qismida 30–40 mu yer bo‘lib, davlat bu tabaqani qo‘llashga intilgan. Xitoy dehqonlari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to‘laganlar. Yer solig‘i sholi yoki bug‘doy bilan to‘lansa, pilla boqqan xonadonlar soliqni gazlama bilan ham to‘laganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |