7-sinf uchun bir soatlik ochiq dars ishlanmasi mavzu: Otlarning lug`aviy shakllari va ularning qo‘llanilishi
Download 118.64 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-sinf dars ishlanma. Ochilova Dilrabo
- Bu sahifa navigatsiya:
- II) Yangi mavzu bayoni: Otlarning lug`aviy shakllari va ularning qo’llanishi Bilib oling
I) o`tgan mavzuni takrorlash a)Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar qaysilar? b)-chi, -lik qo‘shimchalari yordamida mavhum otlar hosil qiling d)mavhum otlar deb qanday otlarga aytiladi? e) aniq otlarga misol keltiring II) Yangi mavzu bayoni: Otlarning lug`aviy shakllari va ularning qo’llanishi Bilib oling: Otlarning -lar qo‘shimchasini olgan shakli ko‘plik shakli, -lar qo‘shimchasisiz shakli esa birlik shakli sanaladi. Otlarning ko‘plik shakli ko‘plik ma’nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish (ko‘zim — ko‘zlarim, labi — lablari) ma’nolarini ham ifodalashi mumkin. Otlarning lug’aviy shakllari: Son shakli ya’ni ko’plik:- lar- kitoblar, xalqlar Kichraytirish-erkalash:-cha, -choq, -chak, -gina, -jon, -xon, -oy Qarashlilik:- niki meniki, Salimniki O’rin-payt belgisi-dagi: uydagi, mendagi O’xshatish shakli:- dek/-day kiyikdek, kaftday Ko’plik 2 xil yo’l bilan hosil qilinadi: Morfologik: kitoblar, bolalar Sintaktik: birlikdagi ot oldidan birdan yuqori bo’lgan sanoq sonlarni yoki daraja-miqdor ravishlarini keltirish bilan hosil qilinadi: ko’p odamlar, ancha qo’y, o’nta abituriyent -lar ko’plik qo’shimchasi va uning xususiyatlari: Atoqli ot (Toshkent), mavhum ot(sevinch), yakka predmetlar nomi (quyosh), sanalmaydigan jism nomi (tuz), juft predmet nomi (ko’z) faqat birlikda qo’llaniladi. Yuqoridagilar ko’plikda qo’llanilganda Grammatik ko’plik ma’nosini emas, uslubiy ma’no ifodalaydi: Atoqli ot turdosh otgaaylanadi: “o’xshahslik”- zamonamiz farhodlari “yaqin shaxs to’dasi”- Salimlarnikiga bordik Yakka predmetlar nomi ko’chma (she’riyatimizning so’nmas quyoshlari) yoki kuchaytirilgan ma’no (Quyoshlarga yetdi faryodim) ifodalaydi Sanalmaydigan predmet nomi (yog’, suv) tur, xil, mo’llik ma’nosini (yog’lar-paxta yog’I, kunjut yog’I, zig’ir yog’i) bildiradi Juft predmet nomi kuchaytirish ma’nosini (Ko’zlari qamashib ketdi) ifodalaydi Mavhum ot kuchaytirilgan ma’no beradi( U hayollarga cho’mib ketdi) Egalik shaklini olgan otdan keyin kelib hurmatni : oyimlar, dadamlar, tog’amlar Agar egalikdan oldin qo’shilsa Grammatik ko’plikni ifodalaydi: akalarim, opalarim Taxmin, davomiylik: kechalari, tunlari Kuchaytirish: Boshlarim og’rib ketdi Piching, kinoya: Tog’alari rais ekanmi? 3) o`tilgan mavzuni mustahkamlash : tarqatma materiallar asosida 4) darslik ustida ishlash: 330- mashq. Nuqtalar o`rniga qavs ichidagi qo`shimchalardan mosini qo`yish 5) uyga vazifa 332-mashq. “Bizning oila” mavzusida matn tuzish 6) didaktik o`yin: “ Ha…Yo`q “o`yini ,jamoaviy bo`lib savollarga javob berish. 7) dars yuzasidan baholash va rag`batlantirish. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________ Download 118.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling