7-sinf uchun bir soatlik ochiq dars ishlanmasi mavzu: Otlarning lug`aviy shakllari va ularning qo‘llanilishi


Download 118.64 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi118.64 Kb.
#1518988
1   2
Bog'liq
7-sinf dars ishlanma. Ochilova Dilrabo

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa



I) o`tgan mavzuni takrorlash
a)Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?
b)-chi, -lik qo‘shimchalari yordamida mavhum otlar hosil qiling
d)mavhum otlar deb qanday otlarga aytiladi?
e) aniq otlarga misol keltiring
II) Yangi mavzu bayoni:
Otlarning lug`aviy shakllari va ularning qo’llanishi


Bilib oling: Otlarning -lar qo‘shimchasini olgan shakli ko‘plik shakli, -lar qo‘shimchasisiz shakli esa birlik shakli sanaladi. Otlarning ko‘plik shakli ko‘plik ma’nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish (ko‘zim — ko‘zlarim, labi — lablari) ma’nolarini ham ifodalashi mumkin.
Otlarning lug’aviy shakllari:
Son shakli ya’ni ko’plik:- lar- kitoblar, xalqlar
Kichraytirish-erkalash:-cha, -choq, -chak, -gina, -jon, -xon, -oy
Qarashlilik:- niki meniki, Salimniki
O’rin-payt belgisi-dagi: uydagi, mendagi
O’xshatish shakli:- dek/-day kiyikdek, kaftday

Ko’plik 2 xil yo’l bilan hosil qilinadi:



  1. Morfologik: kitoblar, bolalar

  2. Sintaktik: birlikdagi ot oldidan birdan yuqori bo’lgan sanoq sonlarni yoki daraja-miqdor ravishlarini keltirish bilan hosil qilinadi: ko’p odamlar, ancha qo’y, o’nta abituriyent

-lar ko’plik qo’shimchasi va uning xususiyatlari:
Atoqli ot (Toshkent), mavhum ot(sevinch), yakka predmetlar nomi (quyosh), sanalmaydigan jism nomi (tuz), juft predmet nomi (ko’z) faqat birlikda qo’llaniladi.
Yuqoridagilar ko’plikda qo’llanilganda Grammatik ko’plik ma’nosini emas, uslubiy ma’no ifodalaydi:
Atoqli ot turdosh otgaaylanadi:

  1. “o’xshahslik”- zamonamiz farhodlari

  2. “yaqin shaxs to’dasi”- Salimlarnikiga bordik

Yakka predmetlar nomi ko’chma (she’riyatimizning so’nmas quyoshlari) yoki kuchaytirilgan ma’no (Quyoshlarga yetdi faryodim) ifodalaydi
Sanalmaydigan predmet nomi (yog’, suv) tur, xil, mo’llik ma’nosini (yog’lar-paxta yog’I, kunjut yog’I, zig’ir yog’i) bildiradi
Juft predmet nomi kuchaytirish ma’nosini (Ko’zlari qamashib ketdi) ifodalaydi
Mavhum ot kuchaytirilgan ma’no beradi( U hayollarga cho’mib ketdi)
Egalik shaklini olgan otdan keyin kelib hurmatni : oyimlar, dadamlar, tog’amlar
Agar egalikdan oldin qo’shilsa Grammatik ko’plikni ifodalaydi: akalarim, opalarim
Taxmin, davomiylik: kechalari, tunlari
Kuchaytirish: Boshlarim og’rib ketdi
Piching, kinoya: Tog’alari rais ekanmi?

3) o`tilgan mavzuni mustahkamlash : tarqatma materiallar asosida


4) darslik ustida ishlash: 330- mashq. Nuqtalar o`rniga qavs ichidagi qo`shimchalardan mosini qo`yish
5) uyga vazifa 332-mashq. “Bizning oila” mavzusida matn tuzish
6) didaktik o`yin: “ Ha…Yo`q “o`yini ,jamoaviy bo`lib savollarga javob berish.
7) dars yuzasidan baholash va rag`batlantirish.
O‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari: _______________
Download 118.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling