7. Zamonaviy iqtisodiyotda elektron biznes


Biznes alohida faoliyat turi kabi


Download 62.56 Kb.
bet3/6
Sana22.04.2023
Hajmi62.56 Kb.
#1378333
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
UQXm6Fz9Rvg5fNIaX56FK8hFVYxrISE84HP6s1jZ

7.2.Biznes alohida faoliyat turi kabi
Elektron tijoratning afzalliklari. Tashkilotlar uchun

  • Global masshtab

  • Xarajatlarning qisqartirilganligi

  • Yetkazib berish zanjirini yaxshilanganligi

  • Biznesni doimiy ochiqligi (24/7/365)

  • Tovarni bozorga tezlik bilan chiqarish

  • Raqamli maxsulotlar tarqatilishining kam xarajatliligi

Elektron biznes tizimlaridan foydalanish muammolari
Oldi-sotdi harakatlari va pul muomalasi bilan bog‘langan hamma narsa kabi, elektron biznes xaridorlar uchun ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga ega. Amerikaning SIO Communications korporatsiyasi tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, oddiy xaridorlar va ekspertxaridorlar elektron biznes tizimlari yordamida tovarlar va xizmatlarni
sotib olish borasida bir xil shubha bildiradilar. (Ekspertlar guruhiga Internet

  • bilan yaqindan tanish bo‘lganlar kiritilgan – biznes hamda axborot

  • texnologiyalari sohasidan mansabdor shaxslar).

Elektron biznes tizimidan foydalanishning kamchiliklari mavjud. Ular quyidagilardir:

  • 1. Telekommunikatsiya va axborot infratuzilmasi yaxshi rivojlanmaganligi

  • kerakli ma’lumot uzatilishini ancha sekinlashtiradi.

  • 2. Qonunchilik bazasi nomukammalligi sababli, u elektron bitimlar bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilishining kerakli kafolatlarini ta’minlamaydi.

  • 3. Haqiqatda amal qilayotgan elektron magazinlari soni kamligi.

  • 4. Ishonchli amal qiladigan milliy bank tizimi mavjud emasligi.

  • 5. Elektron biznesni O‘zbekistonning istalgan mintaqasiga tovarni o‘z vaqtida yetkazib berish tizimi kabi muhim elementi yaxshi rivojlanmaganligi. Sababi – tayyor mahsulot omborlarining rivojlangan tarmog‘i mavjud emasligi.

Amal qilayotgan elektron magazinlarda tovarlar va xizmatlarga narxlarning haddan tashqari yuqoriligi.
Yirik biznes, shuningdek, chakana xaridorlar tomonidan elektron biznesga ko‘rsatilayotgan ishonchsizlik.
O‘zbekistonda elektron biznes tizimini yaratish va rivojlantirishga davlat tomonidan qiziqish va qo‘llab-quvvatlashning yetarli darajada emasligi.
Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar assortimentining cheklanganligi.

  • Elektron magazin amal qilishi uchun me’yordagi sharoitlarni tashkil qilish va ta’minlashning qiymati yuqoriligi; elektron magazin

  • tashkil qilish qiymati 5 ming AQSH dollaridan 120 ming AQSH dollarigachani tashkil qiladi.

  • Internet tarmog‘ining o‘ziga ma’lum bo‘lgan ishonchsizlik borligi.

  • Internet tarmog‘ida sug‘urta tizimi va kibernatoriatni tashkil qilish

  • bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar hal qilinmaganligi.

  • ba’zi bir salbiy tomonlar va ma’lum qiyinchiliklar mavjudligiga qaramasdan, salohiyatli xaridorlar

  • tovarlar hamda xizmatlarni sotib olish vaqtida elektron biznes tizimlaridan

foydalanishdan voz kechishni istamaydilar.

  • O‘zbekistonda aholi tomonidan tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun elektron biznes tizimlaridan foydalanish miqyosini sezilarli cheklaydigan sabablar AQShga va G‘arbga nisbatan ko‘proq uchraydi. Asosiy sabablar quyidagilardir:

  • 1. Milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida davom etayotganmuntazam tanglik natijasida aholining to‘lovga elektron layoqati cheklanadi.

2. Yuqori malakali elektron magazin loyihalashtiruvchilarining kamligi,
shuningdek, ishonchli, samarali va arzon dasturiy vositalar yetishmasligi.
3. Internet tarmog‘i foydalanuvchilarining soni nisbatan kamligi sababli elektron bozorda xaridorlar soni cheklanganligi.
4. Salohiyatli xaridorlar tomonidan to‘lovning yangi shakllariga ko‘rsatilgan ishonchsizlik.
Internet aholining alohida guruhlariga murojaat etish shaxsiylashtirilishining keng imkoniyatlarini taklif etadi. Bundan ham oldin, Internetning boshqa reklama tarqatuvchilari bilan solishtirganda asosiy afzalligi unda reklama axboroti iste’molchisi bilan qayta aloqa qilish imkoniyati borligidir. Bunda reklama kompaniyasi strategiyasiga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritishga yordam beradi. Natijada reklama budjetidan foydalanish samaradorligini oshirishga olib keladi.
An’anaviy reklamadan farqli ravishda Internetda reklama tadbirlarini o‘tkazishning alohida hususiyatlari bor. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, Internet bir vaqtning o‘zida:

  • ommaviy axborot vositasi

  • kommunikatsiya vositasi (elektron pochta, kommunikatsiya dasturlari,
    Internet -telefoniya, video konferensiya va b.)

  • interaktiv muhit (elektron konferensiya, mehmon kitobi orqali
    mijozlar bilan qayta aloqa va b.) bo‘lib hisoblanadi.

  • Shaxsiy Web -sayt reklamasi bilan elektron tijorat vositasi sifatida Internetdagi reklamani ajrata bilish kerak. Shaxsiy Web -saytda reklama qilish uchun odatda qidiruv tizimida ro‘yxatdan o‘tish, ssilkalar bilan almashuv, matnlarga kalit so‘zlarni kiritish, hamma reklama e’lonlarida elektron pochta adresini, Web -sayt adresini ko‘rsatish kiradi. Tijorat faoliyati ko‘rinishidagi reklama tashkilot Web -sayti sahifalarida buyurtmachi Web -saytiga pulli ssilkalar joylashtirish uchun joy ajratilganligiga asoslanadi.

  • Reklamadan ogoh bo‘lgan foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • — unga ahamiyat bermaslik yoki uni umuman sezmaslik;

  • — uni eslab qolish va undan foydalanish;

  • — uni qabul qilmaslik.

  • Reklamaga jalb etilganlarning barchasi ham Web -saytiga mijoz bo‘lavermaydi. Yo‘qotishlarni bartaraf qilish uchun kamida quyidagi shartlar bilan ta’minlash zarur:

  • Internet bilan reklama beruvchi serverning ishonchli aloqasi;

  • reklama beruvchi saytlari sahifalarida grafiklarning kamroq bo‘lishi;

  • Internet bilan foydalanuvchi o‘rtasida ishonchli aloqa;

  • foydalanuvchi ishonchining oqlanishi;

  • banner bilan Web - sayt sifatida raqobati.

2.Internetda marketing
U yoki bu korxonaning inqirozi yoki muvaffaqiyatining har xil sabablari bor, lekin ko‘pchiligining oxirgi natijasi shu kompaniya boshqaruv zvenolarining potensial mijoz kim va uning ehtiyojlari qandayligini ko‘ra olishlariga bog‘liq. Marketing tadqiqotlaridan shu ma’lum bo‘ldiki, odatda ular kim va nima xarid qilayotganligi haqida ma’lumotlar yig‘ishar ekan, lekin nega degan savolga faqat mijozlargina javob bera olishadi.
Marketing siyosatini aniqlashda hisobga olinadigan Internet xususiyatlari orasidan quyidagilarni hisobga olish kerak:

  • — auditoriya kengligining deyarli chegaralanmaganligi;

  • — mijozlarning territoriya joylanishiga bog‘liq emasligi;

  • — 24 soatning alohida vaqtlariga bog‘liq emasligi.

  • — o‘zaro munosabatdagi operativlik.

Elektron tijoratda marketing strategiyasining asosiy xususiyati - bu faqat mijozga yo‘naltirilgan xizmat. Internetdan foydalana turib, mijozga to‘liq "yaqinlashish" mumkin, boshqacha aytganda individual xizmat ko‘rsatishni sifatli tashkil etish mumkin.

Download 62.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling