70-yillar adabiyotining xususiyatlari


Download 30.77 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi30.77 Kb.
#1185211
1   2   3   4
Bog'liq
47-50-savollar. HAJ111

Kõngil uyin qilmasdan obod,
Hashamatli bino qilolmas bunyod.
Isteʼdodli me'mor, muhtasham imoratlar qurib, gõzallik yaratishdan boshqa narsani õylamaydigan ijodkor Najmiddin Buxoriy Temuriy hukmdor Shoxrux zamonida Hirot shahriga kelib, boshkentning obodligi yõlida ulkan ishlar qiladi. Hayotning chigalligi hamda adolatsizlik qurish va yaratishdan õzgani bilmaydigan oliyjanob me'mor boshiga kõpgina kõrguliklar soladi. Uning yolğiz õğli Nizomiddin saltanatga yov bõlgan guruhlarga qõshilib, Shoxruxga suiqasd qilganlardan biri sifatida qõlga olinib, qatl etiladi. Endi Buxoriylarning Hirotda qolishi mumkin emas edi.
Me'mor romani temuriylar davri hayotiga bağishlab yozilgan. Asardagi bosh qahramon qilib olingan Najmiddin Buxoriy mashhur me'mor obrazi orqali butun me'morlar obrazini yoritib bergan.Asarda nafaqat me'morchilik sanʼati, balki õsha davrdagi shohlar va shahzodalar orasidagi munosabatlar, avom xalqning qanchalar qiyin ahvolda ahamiyatga loyiqdir. Najmiddin Buhoriy, Badia, Zavrak, Ğavvoslar obrazi orqali insoniy munosabatlar, adolat mezonlari, Vatan saodati yorqin tasvirlangan. Romanning bosh qahramoni mehnatkash xalq manfaatlarining shunday bir yuksak chõqqisiga kõtarilganki, u ana shu chõqqida turib õzining tarixiy taraqqiyotda tutgan õrnini tahlildan õtkazganda õkinmaydi. Biroq u Temuriylar saltanatiga darsz ketayotganidan, ziyo yõliga qora kuchlar tõsqinlik qilayotganidan aziyat chekadi. Me'mor uzluksiz fikriy qiynoqlar girdobida qoladi. Butun hayotini, õzini hukmdorlar oldida õtgan davrini tahlildan õtkazadi. Hukmdorlarga shuncha xizmat qilib, oxirida õğlidan ajralishi yetmaganidek, Xurosondan quvilish me'morga qattiq aziyat yetkazadi. Butun ruhiy olamidagi pokizalik uning jasur kurashchi, xalq manfaatlarining himoyachisi, ona yurtning osoyishtaligini ta'minlovchi hukmdor baribir borligiga, ularning homiyligida chiroyli va mustahkam bino va inshootlar qurishga umid qiladi. Bosh qahramonning yakkayu yagona õğlining õzi xizmat qilayotgan podshohlarning farmoniga muvofiq õldirilishi bilan boğliq sabot irodasi, õz kasbiga bõlgan mehr muhabbatiga qoyil qoladi. Najmiddin Buhoriyning murakkab shaxs sifatidagi xarakteri mantiği, roman voqea õqi, badiiy ziddiyati talablaridan kelib chiqib, tarixiy manbalaridagi voqeani ma'lum darajada qayta ishlaydi va undan ancha ustalik bilan foydalanishga muvaffaq bõladi. Asarda Najmiddin Buxoriyning shogirdlari Muhammad Ğovvos, Zulfiqor Shoshiy, Zavrak Nishopuriy kabi obrazlarni, qabih va shohning maxfiy ishlarni amalga oshiruvchilar mavjudligini kõrsatish uchun Qorailon obrazini yaratadi. Tõqima obrazlar tarixiy asarlarda sujet oqimini jadallashtirish asarga jonli ruh olib kirgan. Me'morning bõron paytidagi holati ham juda chiroyli va ta'sirchan tasvirlangan. Ya'ni bõron tobora dahshatli tus olib bormoqda. Kõpchilik bezovta, jon saqlash payida, aravaning ostiga yashirinishadi.Me'mor shu yerda ham tinch õtirmaydi: ijodiy xayol bilan band. Boshqa arava tagiga joylashgan shogirdlarini chaqirib aytgan gaplari alohida ahamiyatli " Xudo dilimga shu'la soldi. Buni qaranglar bir yaxshi bino kõzimga kõrindi. Najmiddin Buhoriyning badiiy yetuk obrazini yaratishga erishdi.Asarda keltirilgan hikoyatlar bilan davr realligi qahramonning ruhiy jarayonidagi betinim õzgarishlar bilan qorishib, uni goh real voqelikka, goh õtmish xotiralariga, ba'zida taqdirdan bashorat qiluvchi ayrim jihatlari ajralib turadi.Romanda qõllanilgan ayrim iboralar asar qahramonlarining ruhiy kechinmalarini yanada aniqroq yoritgan. Tong otishi hayotda quyin bõldi.Me'mor Najmiddin umrida bunchalik otishi mushkul bõlgan tongni birinchi marta kõrishi. U azongacha xudoga yolvorib ichida yiğladi, tunda qurilayotgan madrasasi atrofini aylandi, yulduzlar chamanida unga tikildi, gumbaz tepasiga kelgan yangi oyga nigohan qaradi. Bu nazarida toshday qotib qolganga õxshardi. Hozir uning kõngliga chiroq yoqsa yorimas edi.

49.


Download 30.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling