79-Dars
Mavzu:O‘rganilgan materialni mustahkamlas 1-10-misollar
Darsning maqsadi:
— tenglamalar yechish malakasini mustahkamlash;
— masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechish malakasini rivojlantirish.
d) rivojlantiruvchi: jismlarning uzoqlashish tezligini topishga doir misol va masalalar yechish malakasini shakllatirish.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, didaktik materiallar, kompyuter, slayd, proyektor.
Darsning uslubi: tushuntirish, mustaqil ish.
I. Tashkiliy qism.Darsga hozirlik ko'rish.Darsning maqsadi aytib o'tiladi.
II.O’tilganlarni mustahkamlash
Dars 62-64-mavzularda egallangan bilimlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Noma'lum qo'shiluvchi va noma'lum ayriluvchini topish qoidalarini ham takrorlash zarur. Bunda, x + 6 = 10, 6 - x = 3, x - 5 = 8, 2 • x = 16, x : 3 = 8, 24 : x = 4, kabi sodda tenglamalardan misol sifatida keltirish kerak. Undan keyin umumiyroq ko'rinishdagi tenglamalar ham yuqoridagi tenglamalar kabi yechilishi 1-topshiriqni bajarish orqali tushuntiriladi.
III. Mustaqil ish.
1. 85 : 5 96 : 8 87 : 29 520 : 4 0:8
600:5 720:8 80:16 450:3 6-1
2. Qoldiqli bo'lishni bajaring:
25 : 3 | 19 : 4 | 47 : 5 | 52 : 7 | 36 : 8
3. 1) Biror sonni 4 ga bo'lganda qoldiqda 3 chiqishi mumkinmi?
7 ga bo'lganda qoldiqda 9 chiqishi mumkinmi? 10 ga bo'lganda qoldiqda 9 chiqishi mumkinmi?
2) 7 ga bo'lganda qoldiqda 1 qoladigan bir necha sonni ayting. Qoldiqda 4 qoladigan sonlarni ayting.
4. (136 + 164) : 6•9 – 250 600 - (24 + 76) : 10•1
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo'yicha sharhlar:
Mashqlarni o'quvchilar navbat bilan doskada bajaradilar. 4-masala o'quvchilarga mustaqil ish qilib beriladi. Masalaga tenglama tuzishning mohiyati tushuntiriladi.
IV. Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |