76-dars. Qarama qarshi yo‘nalishdagi harakatga doir masalalarning yechilishini tushuntirish Darsning maqsadi


Tarbiyaviy:tabiatni sevishga, uni asrab avaylashga o`rgatish. Milliy an`analarni hurmat qilishga chaqirish. TK4


Download 1.71 Mb.
bet9/15
Sana18.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1212467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
matematika

Tarbiyaviy:tabiatni sevishga, uni asrab avaylashga o`rgatish. Milliy an`analarni hurmat qilishga chaqirish. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakalari rivojlantirish, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rganatish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat aniqlanadi.O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta`minlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzuni mustahkamlashda “Tez javob” o‘yinidan foydalaniladi. Bunda o`qituvchi qator oralab yurib, o‘quvchilardan birini turg‘izadi va biror bir nomni aytadi. Masalan, geometrik shakllar deb, o‘quvchi shu shaklga kiruvchi javob topib aytishi lozim. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kerak. Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi.

Bunday o‘yin davomida o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakalari rivojlanadi, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rganadi, atrofdagi sodir bo‘ladigan hodisalarga qiziqishi ortadi.
III. Yangi mavzuning bayoni:
Yangi mavzu 480 – topshiriq asosida ekranda tushuntiriladi. Ekran orqali bo`rining o`sish grafigini ko`rib chiqiladi. Nima uchun nuqtalar bir – biri bilan silliq egri chiziqlar bilan tutashtirilgani tushuntiriladi. Bo`ri bir yosh bo`lganda uning bo`yi qanday bo`lgani, 3 yoshda, 4 yoshda va 6 yoshda uning bo`yining o`sishidagi o`zgarishlar kuzatib boriladi. Oxirgi bir yilda uning bo`yi o`sganmi yoki o`smaganligi ko`rib chiqiladi. So`ngra u 40 sm, 50 sm, 70 sm va 75 sm bo`lganda necha yoshda bo`lgani ko`rib kuzatiladi. Agar har yili quyon uning bo`yini o`lchab borgan bo`lsa, quyidagi savollarga javob olinadi.
Bo`ri bo`yining o`sish grafigini ko`rib chiqamiz.
Bo`ri bir yosh bo`lganda uning bo`yi qanday bo`lgan?
Bo`ri bir yosh bo`lganda uning bo`yi 20 santimetr bo`lgan.
Bo`ri uch yosh bo`lganda uning bo`yi 50 santimetr bo`lgan.
4 yoshda esa 55 santimetr bo`lgan.
7 yoshda uning bo`yi 75 santimetrga yetdi.
Bo`ri 1 yoshdan 3 yoshgacha va 3 yoshdan 7 yoshgacha qanchadan o`sib borgani so`raladi.
Berilgan savollarga javob grafikda ko`rsatiladi.


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling