76-dars. Qarama qarshi yo‘nalishdagi harakatga doir masalalarning yechilishini tushuntirish Darsning maqsadi


Download 1.71 Mb.
bet7/15
Sana18.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1212467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
matematika

Yangi dars bayoni:
O'qituvchi ko'rgazma asosida tushuntiradi.
Nechta apelsin borligini aniqlashni har xil usullardan foydalanib tushuntirib bering:
3•(4•2) = 24
(3•4)•2 = 24
(3•2)•4 = 24
Sonni ko'paytmaga ko'paytirishni har xil usullar bilan bajarish mumkin:
1) 7•(8•5) = 7•40 = 280
Ko'paytmani hisoblash va uni songa ko'paytirish.
2) 7 • (8 • 5) = (7 • 8) • 5 = 56•5 = 280
Sonni birinchi ko'paytuvchiga ko'paytirish va nati-jani ikkinchi ko'paytuvchiga ko'paytirish.
3) 7 • (8 • 5) = (7 • 5) • 8 = 35-8 = 280
Sonni ikkinchi ko'paytuvchiga ko'paytirish va natijani birinchi ko'paytuvchiga ko'paytirish.
«Oqqushlar» o'yini tariqasida yechilib, tabiatga muhabbat, suv muhofazasi, hayvonlarga to'g'ri munosabatni tushuntiriladi.
468- misol 1) Hisoblang:
6 • (5 • 4) = 6 • 20 = □
6 • (5 • 4) = (6 • 5) • 4 = □
6 • (5 • 4) = (6 • 4) • 5 = □
2) Misollarda nima uchun bir xil natija hosil bo'lganligini tushuntiring.

IV. Mustahkamlash.
469-misol. Guruhlar musobaqasi usulida yozma bajariladi, bunda o'quvchilarning husnixatiga alohida e'tibor qaratiladi.
Na 'muna: 14 * 50 = (4 * 5) * 10 = 70 * 10 = 700
1-guruh 14 * 12 = 14 * (10 + 2) = 14 * 10 + 2 * 14 = 140 + 28 = 168
2-guruh 16 * 18 = 16 * (10 + 8)= 16 * 10 + 16 * 8 = 160 + 128 = 288
3-guruh 16 * 80 = 16 * (8 * 10) = (16 * 8) * 10 = 128 * 10 = 1280
470. Ifodalarni belgi va ishoralar yordamida yozing va ular-ning qiymatini toping:
1) 7 km 308 m va 9 sonlarining bo'linmasini 2 ga bo'lish;
2) 8 kg 480 g va 8 sonlarining bo'linmasini 3 ga ko'paytirish.
N a m u n a: (3 544 m 66 sm : 7) : 2 = 253 m 19 sm
3 544 m 66 sm = 354 466 sm

O'quvchilarga badiiy kitoblar berib, guruhlar mukofotlanadi. Uyga vazifa: 471-misol tushuntirish bilan beriladi.


82- dars
Mavzu: 10, 100, 1000 sonlariga ko‘paytirish . Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko’paytirish.
Darsning maqsadi:
1. Ta 'limiy maqsad:
a) Nollar bilan tugagan sonlarga ko'paytirish usullari bilan tanishtirish.TK2
b) Ko'paytirishning bu usullari asosida misol-masalalar yechish ko'nikmasini hosil qilish.
d) Ko'paytirishda sonni yig'indi, ikki son qo'shiluvchisi ko'rinishida ifodalash malakasini hosil qilish.FK1
2. Tarbiyaviy maqsad:
a) ko'paytirish amali bilan bog'liq bo'lgan turli mantiqiy masalalar yechish asosida bolalarni ishlab chiqarishning turli sohalari bilan tanishtirish, shu soha mutaxassisliklariga, kasb egalariga hurmatni tarbiyalash;TK3
b) to'g'ri fikrlashga, turli vaziyatlardan mantiqiy yo'l topishga o'rgatish;TK4
d) tabiatga muhabbatni tarbiyalash. Atrof-muhitga oqilona munosabatni shakllantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad.
Bolalar xotirasini rivojlantirish, hayotiy masalalarni mustaqil hal qilishga o'rgatish.
4. Kasbga yo'llash:
a) kasbiy tushunchalar berish;
b) bolalardagi qiziqishlarni o'rganish.TK6
Dars turi:
Dars jihozi: Matematika darsligi, mavzuga oid ko'rgazma, testlar, tarqatmalar (oqqushlar, qo'ziqorinlar, mashina shablonlari)
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy davr - 1'.
2. O'tilgan darslarni eslash, savol-javob - 5'.
3. Yangi dars bayoni - 20'.
4. Mavzu bo'yicha ishlar -12'.
5. Takrorlash - 5'.
6. Uyga vazifa berish - 2'.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy ishlar: sinfni tayyorlash, davomatni aniqlash, o'quv qurol-larini ko'zdan kechirish.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling