79-ma’ruza. Mavzu: Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushunchalari Reja


Download 0.53 Mb.
bet6/24
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1502069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
79-ma’ruza. Mavzu Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushuncha

8-ta’rif. Tajriba natijasida A hodisaning ro’y berishidan B hodisaning ro’y bermasligidan iborat hodisa A va B hodisalar ayirmasi deb ataladi va A-B kabi belgilanadi.
Masalan, tajriba to’liq qartalar dastasidan bitta qartani topishdan iborat bo’lib, A hodisa “g’ishtin” qartaning B hodisa esa istalgan “dama” qartaning chiqishdan iborat bo’lganda A-B hodisaning ro’y berishi chiqqan qarta “dama”dan farqli “g’ishtin” qarta bo’lishini anglatadi.
Eslatma. A1,A2,,An hodisalarning yig’idisi va ko’paytmasi ham yuqoridagidek ta’riflanadi.
9-ta’rif. Agar A1 +A2++ An=U, ya’ni tajribada A1, A2,,An hodisalardan hech bo’lmaganda bittasi muqarrar ro’y bersa, bu hodisalar hodisalarning to’liq guruhini tashkil qiladi.
Agar A1 +A2++ An=U, AiAj=V (ij, i, j= ) bo’lsa A1, A2, , An hodisalar juft-jufti bilan birgalikda bo’lmagan hodisalarning to’liq guruhini tashkil etadi deyiladi.
Agar bir necha A1, A2, A3,, An hodisalardan istalgan birini tajriba natijasida ro’y berishi boshqalariga qaraganda kattaroq qulaylikka ega deyishga asos bo’lmasa, bunday hodisalar teng imkoniyatli hodisalar deyiladi.
Masalan o’yin soqqasining simetrik va bir jinsliligidan 1, 2, 3, 4, 5, 6 ochkolardan istalganining chiqishi teng imkoniyatladir.
Agar qutida 10 ta bir xil shar bo’ib undan 8 tasi qizil, 2 tasi oq rangda bo’lganda tavakkaliga olingan bitta sharning qizil bo’lishi imkoniyati uning oq bo’lishi imkoniyatidan katta bo’ladi. Odatda imkoniyatlarni sonlar bilan xarakterlab, ular solishtiriladi. Bu hodisaning ehtimolligi tushunchasi olib keladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling