79-ma’ruza. Mavzu: Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushunchalari Reja


Hodisa ehtimolligining ta’riflari


Download 0.53 Mb.
bet7/24
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1502069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
79-ma’ruza. Mavzu Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushuncha

79.4. Hodisa ehtimolligining ta’riflari
1. Hodisa ehtimolligining klassik ta’rifi. Biror tajriba natijasida chekli sondagi e1, e2, e3,, en elementar hodisalardan birortasi ro’y berishi mumkin bo’lib bu hodisalar juft-jufti bilan birgalikda bo’lmagan teng imkoniyatli hodisalarning to’la guruhini tashkil etsin. A hodisa e1, e2, e3,, en hodisalar orasida lar ro’y berganda ro’y bersin . Bu holda lar A hodisaga qulaylik tug’diruvchi hodisalar deyiladi.
Faraz qilaylik n ta e1, e2, e3,…, en elementar hodisalardan m tasi A hodisaning ro’y berishiga qulaylik tug’dirsin.
10-ta’rif. Ushbu son A hodisaning ehtimolligi deb ataladi va uni P(A) kabi yoziladi: P(A)= .
Demak, A hodisaning ehtimolligi A hodisaning ro’y berishiga qulaylik tug’diruvchi hodisalar sonining teng imkoniyatli barcha elementlar hodisalar soniga nisbatiga teng.
6-misol. Tajriba, tangani uch marta tashlashdan iborat bo’lib, tajriba natijasida ikki marta gerbli tomon tushishi (A hodisa) hodisaning ehtimolligi topilsin.
Yechilishi. Tangani uch matra tashlashda ro’y berishi mumkin bo’lgan elementar hodisalar to’plami
Ω={e1=(GGG), e2=(GGR), e3=(GRR), e4=(RRR), e5=(RGR), e6=(RRG), e7=(GRG), e8=(RGG)} bo’lib, uning elementlarining soni n=8.
Ω dan ko’ramizki e2, e7, e8 elementar hodisalar A hodisaning ro’y berishiga qulaylik tug’diradi, ya’ni m=3.
Demak,
Hodisa ehtimolligining ta’rifidan bevosita quyidagi xossalar kelib chiqadi.

  1. Har qanday A hodisaning ehtimolligi 0≤P(A)≤1 bo’ladi.

  2. Muqarrar hodisaning ehtimolligi 1 ga teng, ya’ni P(U)=1.

  3. Mumkin bo’lmagan hodisaning ehtimolligi 0 ga teng, ya’ni P(V)=0.

7-misol. Telefon nomerini tera turib, abonent oxirgi ikkita raqamni esdan chiqarib qo’ydi va faqat shu raqamlarning har xilligini eslab, ularni tavakkaliga terdi. Kerakli raqamlar terilganligi hodisasi B ning ehtimolligini toping.
Yechilishi. Har xil raqamlar juftini o’nta raqamdan ikkitadan o’rinlashtirishlar nechta bo’lsa, hammasi bo’lib shuncha marta, ya’ni marta terish mumkin. Shunday qilib mumkin bo’lgan elementar natijalar soni n=90. Bulardan atigi bittasi B hodisaga qulaylik tug’diradi, ya’ni m=1.
Demak,

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling