79-ma’ruza. Mavzu: Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushunchalari Reja


Download 0.53 Mb.
bet15/24
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1502069
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
79-ma’ruza. Mavzu Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushuncha

Isboti. Faraz qilaylik n ta tajriba natijasining n1 tasi A ga qulaylik tug’dirsin, m ta tajriba natijasidan m1 tasi B hodisaga qulaylik tug’dirsin.
U holda:
.
Tajribalar natijasida ro’y bergan barcha elementar hodisalar soni nm ta bo’ladi. Bulardan n1 m1 tasi A va B hodisalarning birgalikda ro’y berishiga qulaylik tug’diradi. Demak,

2-Natija. Agar A1, A2,…, An birgalikda bog’liq bo’lmagan hodisalar bo’lsa, u holda
P(A1, A2,…, An)=P(A1)P( A2)…P( An) (80.4)
bo’ladi.
6-misol. Uchta qutining har birida 10 tadan detal bor. Birinchi qutida 8 ta, ikkinchi qutida 7 ta, uchinchi qutida 9 ta standart detal bor. Har bir qutidan tavakkaliga bittadan detal olinadi. Olingan uchala detal ham standart bo’lishi ehtimolligini toping.
Yechilishi. Birinchi qutidan standart detal olinganlik (A hodisa) ehtimolligi:

Ikkinchi qutidan standart detal olinganlik (B hodisa) ehtimolligi:

Uchinchi qutidan standart detal olinganlik (C hodisa) ehtimolligi:

A, B va C hodisalar birgalikda bog’liqmas bo’lganligi uchun izlanayotgan ehtimollik (80.4) formulaga ko’ra quyidagiga teng.
P(ABC)=P(A)P(B)P(C)=0,8·0,7·0,9=0,504.
7-misol. Ikki mergan nishonga qarata bittadan o’q uzdi. Birinchi merganning nishonga tekkizishi (A hodisa) ehtimolligi 0,7 ga, ikkinchisiniki (B hodisa) 0,8 ga teng bo’lsa, merganlardan aqalli bittasining (C hodisa) nishonga tekkizganligi ehtimolligi topilsin.
Yechilishi. Shartga ko’ra P(A)=0,7, P(B)=0,8, C=A+B bo’lganligi uchun (80.1) formulaga asosan
P(C)=P(A+B)=P(A)+P(B)-P(AB)=0,7+0,8-0,7·0,8=1,5-0,56=0,94.
8-misol. A1, A2, A3 bog’liqmas hodisalarning ehtimolliklari mos ravishda p1, p2, p3 ga teng bo’lsa shu hodisalardan faqat bittasining ro’y berish ehtimolligini toping.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling