79-ma’ruza. Mavzu: Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushunchalari Reja


To’la ehtimollik va Beyes formulalari


Download 0.53 Mb.
bet18/24
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1502069
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
79-ma’ruza. Mavzu Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushuncha

80.4. To’la ehtimollik va Beyes formulalari
1. To’la ehtimollik formulasi. Biror A hodisa n ta juft-jufti bilan birgalikda bo’lmagan hodisalarning to’liq guruhini tashkil etuvchi H1, H2,…, Hn hodisalarning (ular gipotezalar deb ataladi) bittasi va faqat bittasi bilangina ro’y berishi mumkin bo’lsin. Bu gipotezalaning ehtimolliklari ma’lum, ya’ni P(H1), P(H2)…, P(Hn) berilgan. Bu gepotezalarning har biri amalga oshganda A hodisaning ro’y berish shartli ehtimolliklari ham ma’lum, ya’ni P(A׀H1), P(A׀H2)…, P(A׀Hn) berilgan. A hodisaning ehtimolligini hisoblash talab qilinadi.
H1,H2,…,Hn hodisalar to’liq guruhni tashkil etganligi uchun
A=AU=A(H1+H2+…+Hn)=AH1+AH2+…+AHn. Shartga ko’ra H1,H2,…,Hn gipotezalar birgalikda emas, shuning uchun AH1,AH2,…,AHn hodisalar ham birlikda bo’lmaydi. Bularga avval birgalikda bo’lmagan hodisalar ehtimolliklarni qo’shish teoremasini, keyin 80.4-teoremani qo’llab, quyidagini hosil qilamiz:
P(A)=P(AH1)+P(AH2)+…+P(AHn)=P(H1)·P(A׀H1)+P(H2)·P(A׀H2)+…+ +P(Hn)·P(A׀Hn).
Demak,
P(A)= . (80.11)
Bu formula to’la ehtimollik formulasi deyiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling