79-ma’ruza. Mavzu: Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushunchalari Reja


Kamida bitta hodisaning ro’y berish ehtimolligi


Download 0.53 Mb.
bet17/24
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1502069
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
79-ma’ruza. Mavzu Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushuncha

80.3. Kamida bitta hodisaning ro’y berish ehtimolligi
Faraz qilaylik, tajriba natijasida n ta birgalikda bog’liq bo’lmagan hodisa yoki ularni ba’zi-birlari ro’y berishi mumkin bo’lib, ulardan har birining ro’y berish ehtimolligi ma’lum bo’lsin. Shu hodisalardan kamida bittasining ro’y berish ehtimolligi quyidagi teoremadan foydalanib topiladi.
80.5-teorema. Birgalikda bog’liq bo’lmagan A1, A2,…, An hodisalardan kamida bittasining ro’y berishi (A hodisa) ehtimolligi birdan qarama-qarshi hodisalar ehtimolliklari ko’paytmasini ayirilganiga teng:
P(A)=1-q1· q2·q3· …·qn (80.9)
bunda qi=P( )(i= ).
Isboti. A va hodisalar qarama-qarshi hodisalar bo’lganligi uchun ularning ehtimolliklari yig’indisi birga teng:
P(A)+ P( )=1
yoki
P(A)=1-P( ).
Bundan (80.4) formulani hisobga olsak isbotlanishi lozim bo’lgan (80.9) tenglikka ega bo’lamiz.
Xususiy holda, A1, A2,…, An hodisalar p ga teng bo’lgan bir xil ehtimollikka ega bo’lsa, u holda shu hodisalardan kamida bittasining ro’y berish ehtimolligi
P(A)=1-qn (80.10)
bo’ladi, bunda q=1-p.
11-misol. Uchta to’pdan otishda nishonga tekkizish ehtimollikalari mos ravishda p1=0,8, p2=0,7, p3=0,9, nishon yakson qilinishi uchun unga bitta o’qning tegishi kifoya qilsa, uchala to’pdan bir yo’la otishda nishonning yakson qilinishi (A hodisa) ehtimolligini toping.
Yechilishi. A1, A2 va A3 hodisalar nishonni mos ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi to’plardan yakson etilishini anglatsin. Bu hodisalar birgalikda va bog’liq emas. A1, A2, A3 hodisalarga qarama-qarshi hodisalarning ehtimolliklari mos ravishda q1=1-P1=1-0,8=0,2, q2=1-p2=1-0,7=0,3, q3=1-p3=1-0,9=0,1 bo’ladi.
Izlanayotgan ehtimollikni (80.9) formulaga asoslanib topamiz:
P(A)=1-0,2·0,3·0,1=0,994.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling