Qisqacha mazmuni
• 1929-yildan boshlab — sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning tushib ketishi, eksportning kamayishi, moliyaviy inqiroz, ishsizlik (har to'rt kishidan biri);
• R. Makdonald hukumati — mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. 1931-yil — R. Makdonald (leyborist) konservatorlar hukumati tepasida;
• funt-sterlingning oltin qiymati bekor qilindi — pulning qadrsizlanishi;
• S. Bolduin hukumatining proteksionistlik siyosati — mamlakat iqtisodiyotidagi yangi yo'l: ishlab chiqarishning ko'tarilishi, inqiroz ko'rinishlarining kamayishi, ishsizlikning saqlanib qolishi (1938-yilda — 2 mln. dan ortiq);
• tashqi siyosat — Germaniyadan SSSRga qarshi kurashda foydalanishga urinish; 1935-yil 18-iyun — Angliya-Germaniya bitimi (Germaniyaning Boltiq dengizida flot tashkil qilish huquqini qo'lga kiritishi);
• fashist davlatlariga Ispaniya respublikasini yo'q qilishga ko'maklashish;
• 1936-yil 25-oktabr — Angliya va Germaniya o'rtasida harbiy-siyosiy ittifoqning rasmiylashtirilishi;
• N. Chemberlenning Gitlerni «tinchlantirish» siyosati, unga begona hududlarning berilishi, fashizm ekspansiyasining sharqqa yo'naltirilishi;
• 1938-yil 28—30-sentabr — Chemberlen tomonidan Myunxen bitimining imzolanishi;
• 1939-yil — mamlakatning urushga tayyorlanishi, umu] miy harbiy majburiyatning joriy qilinishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |