8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Tarixiy ma'lumot Angliya qirollari


Download 30.06 Kb.
bet9/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

Tarixiy ma'lumot Angliya qirollari
1837—1901-yillar — Viktoriya
1901—1910-yillar - Eduard VII
1910—1936-yillar - Georg V
1936-yil yanvar, dekabr — Eduard VIII
1936—1952-yillar - Georg VI
Hukumat rahbarlari
1895—1902-yillar — R. S. Solsberi
1902-1905-yillar - A. J. Balfur
1905—1908-yillar — G. Kempbel-Bannerman
1908—1916-yillar - G. Askvit
1916-1922-yillar - D. Lloyd-Jorj
1922—1923-yillar — A. Bannar-Lou
1923—1924-yillar - S. Bolduin
1924-yil yanvar, noyabr — R. Makdonald
1924-1929-yillar - S. Bolduin
1929—1935-yillar - R. Makdonald
1935—1937-yillar - S. Bolduin
1937—1940-yillar - N. Chemberlin
1940—1945-yillar - U. Cherchill
Mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar
1930-yil bahorida Angliyani yana sinfiy kurash to'foni larzaga soldi. Butun mamlakat ishsizlarning harakatida ishtirok etdi. 1930-yil martdan aprelgacha ishsizlar va ochlarning ommaviy yurishi bo'lib o'tdi va u Londonda Gaydparkdagi ulkan namoyish bilan yakunlandi. Angliyada vaziyat kundan-kunga keskinlashib borardi. Ishlab chiqarishda ommaviy ish tashlashlar boshlandi, tadbirkorlar bunga javoban ommaviy ishdan bo'shatishlar bilan javob berdilar. Faqat to'qimachilik sanoatida 250 ming ishchi, temir yo'llar, junni qayta ishlash sanoatining yuz minglab ishchilari ishdan bo'shatildi.
Angliya hukmron doiralari yirik siyosiy nayrangni amalga oshirishga ahd qildilar. 1931-yil avgustida R. Makdonald hukumati iste'foga chiqdi, biroq ertasi kuniyoq qirol Georg V (1865-1936, 1910—1936-yillarda hukmronlik qilgan) unga hamkorlik asosida konservatorlar ishtirokida yangi hukumat tashkil qilish vazifasini topshirdi. Hukumatdagi ko'pchilik o'rin konservatorlarga tegishli edi, biroq Bosh vazir kursisida Makdonald qoldirildi. Bu yangi siyosiy hiyla-nayrang bo'lib, unda leyboristlar rahbarlik, konservatorlar esa hukmronlik qilardilar.
Yangi hukumat mehnatkashlarning ijtimoiy imtiyozlariga qarshi yoppasiga hujum boshladi. Ishsizlik bo'yicha nafaqa 10% ga pasaytirildi, harbiy-dengiz floti shaxsiy tarkibining maoshi qisqartirildi. Angliya valyutasi oltin qiymatining bekor qilinishi ingliz xalqiga berilgan qattiq zarba bo'ldi. Funt sterlingni oltinga almashtirish barham topdi.
Oltin bilan ta'minlashning to'xtatilishi kutilgan natijani bermadi. Angliya iqtisodiyotini jonlantirish o'rniga u funt sterlingning qadrsizlanishiga olib keldi — 1931-yil dekabrida u oldingi qiymatining faqat 70% ini tashkil qildi. Pul qadrining tushishi Angliya sanoat mahsulotlarining qimmatlashishi va raqobatbardoshligining zaiflashishiga olib keldi.
Ommaviy norozilikning kuchayishi sharoitida konservatorlar parlamentda ko'pchilik ovoz olish va xalqqa qarshi faoliyatni to'siqsiz amalga oshirish umidida yangi parlament saylovlarini o'tkazishni talab qila boshladilar. Saylovlar 1931-yil oktabr oyida o'tkazildi. Natsional-leyboristlar, konservatorlar va liberallardan saylovoldi «milliy koalitsiyasi» tuzilib, u ko'pchilik ovoz bilan g'alaba qozondi. U parlamentda 497 o'rin oldi, bu unga 330 mandatga ustunlikni ta'minladi va har qanday qonun va qarorlarining o'tishini to'la kafolatladi. Hokimiyat to'liq konservatorlar qo'lida edi, biroq bosh vazir etib yana leyboristlar partiyasining sobiq rahbari R. Makdonald tayinlandi.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling