8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Download 30.06 Kb.
bet7/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

Qisqacha mazmuni
• Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniya «sanoat ustaxonasi» maqomini yo'qotdi va AQShning asosiy qarzdorlaridan biri bo'lib qoldi;
• 1918-yil — sanoat ishlab chiqarishining pasayishi, mahsulot importining ko'payishi;
• Sanoat va sarmoyaning birlashuvi (etti yirik sanoat birlashmasi va besh bank mamlakat ichki va tashqi siyosatini belgilaydi);
• Lloyd-Jorj hukumati (1918—1922). Uning ichki va tashqi siyosati mag'lubiyati. Ishsizlikning ortishi, iqtisodiyotning inqirozi. Rossiyaga qarshi harbiy intervensiyada ishtirok etish, grek-turk urushidagi mag'lubiyat;
• Gomrul haqida bill (Irlandiyaga muxtoriyat berilishi — 1914-yil). Irlandiya xalqining mustaqillik uchun kurashi. Irlandiyaga dominion maqomining berilishi (1922);
• Stenli Bolduin (1924—1929) boshqaruvi, iqtisodiyotda inqirozning davom etishi;
• 1926-yil — yalpi ish tashlash.
19-§. 1929-1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA
Iqtisodiy inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri
Iqtisodiy inqiroz Angliyada 1930-yilda ro'y berdi, ammo uning cho'qqisi 1932-yilga to'g'ri keladi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish 1932-yilda 1929-yildagiga nisbatan 82%ga tushib ketdi, 1933-yilda esa pasayish 93% ni tashkil qildi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish darajasining Angliyada nisbatan oz pasayishi mahsulotlarni rezerv bozorlar sifatida saqlab turilgan mustamlaka va qaram mamlakatlarda sotish hamda u yerlardan arzon xom ashyo va ishchi kuchini keltirish imkoniyatlari mavjudligi bilan izohlanadi. Inqiroz Angliya iqtisodiyotining an'anaviy sohalari — Angliya ishchilar sinfining asosiy qismi jalb etilgan ko'mir qazib chiqarish, metallurgiya, kemasozlik sohalarini ayniqsa qattiq larzaga soldi.
Inqiroz davrida qishloq xo'jaligi sohasidagi ishlab chiqarish darajasi keskin qisqardi. Aholida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun mablag'yo'q edi. Ishsizlik darajasining yuqoriligi mamlakatning shundoq ham tor ichki bozorining battar torayishiga olib keldi.
Angliya iqtisodiyotining tayanchi tashqi savdo hisoblanardi. Inqiroz davrida Angliya mahsulotlari eksporti ikki baravar kamaydi, ularning raqobatbardoshligi yo'qoldi. Angliyani an'anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni avj oldi. Inqiroz natijasida juda ko'p mamlakatlar kasodga uchrab, Angliya mahsulotlarini rad etdilar. Bir vaqtning o'zida xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib chiqarishga urindilar. Yevropa va AQShda ro'y bergan moliyaviy inqiroz, Markaziy Yevropadagi banklarning kasodga uchrashi Angliya pulining qadrsizlanishiga olib keldi va uning oltin bilan ta'minlanishiga barham berdi.
Angliya iqtisodiyotining eng zaif joyi ishsizlik bo'ldi. 1929— 1932-yillardagi inqiroz ishsizlikning Angliya tarixida bo'lmagan darajada o'sishiga olib keldi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 1930-yilda barcha ishchilarning 17%i uzoq vaqt davomida ishsiz edilar, 1931-yilda ishsizlik darajasi 23%ga, 1932-yilda esa 25%ga o'sdi. 1932-yilda har to'rtinchi ishchi ishsiz edi.
Angliya sanoatining alohida hududlardagi an'anaviy sohalarida ro'y bergan inqiroz «shikastlangan hududlar» yoki «depressiyaga uchragan hududlar»ning paydo bo'lishiga olib keldi. Bu hududlarda iqtisodiy hayot deyarli to'xtagan edi. Korxonalar o'z faoliyatlarini to'xtatdilar, odamlar bu hududlarni tashlab, chet ellarga ko'chib keta boshladilar, chunki Angliyada hayot istiqbolsiz bo'lib borardi.
Inqiroz konservatorlar hukumati siyosatining barbod bo'lganini anglatdi. Mamlakat aholisi iqtisodiy qiyinchiliklarning muttasil o'sishidan norozi bo'ldi va o'zgarishlarni talab qildi.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling