8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Download 30.06 Kb.
bet5/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

Irlandiyadagi ahvol
Lloyd-Jorj hukumatiga hal qiluvchi zarba Irlandiyada berildi. Urush payti va undan keyin Angliya va Irlandiya o'rtasidagi fojiaviy munosabatlar tarixiga yangi bob qo'shildi. 1914-yilda ingliz parlamenti Irlandiyaga avtonomiya berish haqida bill (qaror) — gomrul qabul qildi. Ammo urush tufayli uni amalga joriy etish kechiktirildi.
Urush cho'zilib ketgach, irland millatchilarining toqati toq bo'ldi va ular Dublinda 1916-yili qo'zg'olon ko'tardilar. Angliya hukumati uni bir hafta ichida bostirdi, ammo qo'zg'olon rahbarlarini qatl etib, katta xatoga yo'l qo'ydi. Irlandiyaliklar nazdida ular milliy-ozodlik uchun halok bo'lgan qahramonlarga aylandilar. Parlamentdagi Irlandiya partiyasi «Shinn feyn» («Yolg'iz o'zimiz») deb nomlangan ekstremistik tashkilotga aylandi.
1918-yilgi saylovlarda «Shinn feyn» ingliz parlamentining irlandiyaliklarga ajratilgan barcha o'rinlarini olib qo'ydi. Irlandiyadan saylangan deputatlar parlament ishida qatnashishdan voz kechdilar va 1919-yil 21-yanvarda o'zlarini mustaqil Irlandiya parlamenti deb e'lon qildilar. «Shinn feyn»ning harbiylashgan qanoti Irlandiya respublikachilar armiyasiga (IRA) aylandi. Asli kelib chiqishi AQShdan bo'lgan Edmon de Valeri (1882—1975) Irlandiyaning birinchi prezidenti qilib saylandi. Ko'p o'tmay Britaniya armiyasi bilan IRA o'rtasida harbiy harakatlar boshlandi, unda irlandiyaliklar partizan urushining barcha usullarini qo'lladilar. Irlandiyaliklarni «Blek end tans» («qora va qahvarang») nomi bilan mashhur bo'lgan yordamchi otryadlar qo'llab-quwatladilar. Ikkala tomon ham murosaga kelishni istamadi.
Irlandiyaga dominion maqomining berilishi
1921-yilda Angliya bilan Irlandiya o'rtasida bo'lib o'tgan yopiq muzokaralar natijasida bitim imzolandi va unga ko'ra Irlandiyaga dominion maqomi berildi.
Dominion (ingl. dominion — mulk, hokimiyat) — Britaniya imperiyasi tarkibida bo'lgan, ingliz qirolini o'z rahbari deb e'tirof etuvchi davlat (1867-yildan Kanada, 1901-yildan Avstraliya ittifoqi, 1907yildan Yangi Zelandiya va boshqa).
Bitim imzolanganidan so'ng ko'p o'tmay yana ftiqarolar urushi boshlandi. Bu safar Irlandiyaning o'zida, bitimni qo'llab-quwatlagan mo"tadil partiyalar bilan Irlandiyaning Britaniya qiroliga qasamyod etishini bekor qilish va to'la mustaqil davlat tuzish tarafdori bo'lgan ekstremistik partiyalar o'rtasida qurolli kurash boshlandi. Faqatgina 1933yilga kelib Irlandiya parlamenti Britaniya qiroliga qasamyod etish marosimini bekor qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida Irlandiya betaraflik e'lon qildi va 1949-yilda o'z mustaqilligiga erishdi.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling