8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Konservatorlarning proteksionistik siyosati va uning natijalari


Download 30.06 Kb.
bet10/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

Konservatorlarning proteksionistik siyosati va uning natijalari
Milliy koalitsiya hukumatining hukmronligi 1935-yil noyabr oyidagi saylovlarga qadar davom etdi. Ammo 1935-yil iyunidayoq R. Makdonald Bosh vazir lavozimidan olinib, uning o'rniga konservatorlar partiyasi rahbari Stenli Bolduin (1867—1947) tayinlandi.
Milliy koalitsiya hukumati Britaniya iqtisodiyotini oyoqqa turg'izish bo'yicha qizg'in ishga kirishdi. 1931— 1932-yillarda parlament Angliyaga olib kiriluvchi barcha turdagi mahsulotlarga narxining kamida 10%i miqdorida bojxona solig'i belgiladi. Angliya tarixda birinchi marta erkin savdo tamoyillariga qarshi borib, milliy iqtisodiyotni himoya qilish (proteksionizm) yo'lini tutdi. Ko'hna Angliya yo'1-yo'lakay qayta qurishni amalga oshirdi. Funt sterlingning oltin asosi va erkin savdo Britaniya imperiyasining poydevori bo'lib kelgandi. Endi ular yo'q edi va Angliya yuz yildan ortiq vaqt davomida o'tkazib kelingan iqtisodiy siyosatdan qat'iy farq qiluvchi yangi iqtisodiyot yo'liga tushdi.
Milliy iqtisodiyotni himoya qilish siyosati eng awalo sanoatning yangi sohalari — avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika va kimyo sanoatlarining rivojlanishiga jiddiy ta'sir qildi. Bu siyosatning joriy etilishi ular uchun ichki bozorda va Britaniya imperiyasining bozorlarida juda qulay sharoit yaratdi. Boshqa tomondan, iqtisodiyotni himoya qilish to'siqlari ichki bozorga joylashtirilgan sarmoyalar o'rnining almashtirilishiga olib keldi. Oltin standartdan voz kechilishi oqibatida Angliyadan sarmoya olib chiqish foydasiz bo'lib qoldi, olib borilgan siyosat sanoatning yangi sohalari jadal rivojlanishi natijasida ichki bozordagi vaziyatning keskin o'zgarishiga olib keldi.
Investitsiyalarning asosiy oqimi endi turar joy va avtomobil yo'llari qurilishiga, 30-yillar o'rtalaridan boshlab esa harbiy sanoat, aviatsiya va avtomobilsozlikka yo'naltirildi. 1936-yilda Angliyaning chet ellarga joylashtirilgan sarmoyalari 61 mln. f. st. ni, ichki sarmoyalari esa 217 mln. f. st.ni tashkil qildi.
Investitsiya — sarmoyaning biror-bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirilishi.
Xususiy sarmoyalarning ichki bozorga yo'naltirilishiga hukumat blib borgan moliyaviy siyosat ham ko'maklashdi. Hukumat arzon kredit joriy qildi — banklar xususiy tadbirkorlarga 2 foiz evaziga kreditlar bera boshladi, holbuki, oldin kreditlar 10—12 foiz evaziga berilardi. Bu Angliya tarixidagi eng yirik turar joy qurilishining avj olishiga olib keldi. Qurilish sanoati va mebel ishlab chiqarish bilan bog'liq sanoat sohalari gullab-yashnadi. Yangi sanoat sohalarining o'sishi va qurilishning avj olishi inqirozning zarbasini birmuncha yumshatdi va 1934-yilda sanoat sohasidagi ishlab chiqarish 1929-yilgi darajadan ko'tarildi. Angliya iqtisodiy inqiroz changalidan qutulish choralarini izladi va 1937-yilda undan juda qiyinchilik bilan chiqa boshladi. Ammo shu yili ishsizlar soni 1,5 mln. kishini tashkil qildi. Angliya tarixida birinchi marta 7 yil davomida ishsizlikning bu qadar yuqori darajasi saqlandi. Biroq, 1938-yilda ishsizlar soni ikki milliondan ham oshdi.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling