8 – Amaliy ish Geologik xaritalar va ularning turlari. Geologik kesma va stratigrafik ustun tuzish usullari. Tog’ kompasi


Relyef turlarini ajratish va tavsiflash


Download 117.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana25.10.2023
Hajmi117.88 Kb.
#1721708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
231084 (1) (1)

Relyef turlarini ajratish va tavsiflash. Xaritada tog’li (juda ham baland tog’lar - 
absolyut balandligi 2000 m dan yuqori; o’rtacha balandlikdagi tog’li- absolyut balandligi 700-
2000 m; past tog’li- absolyut balandligi 700 m dan kam), tekislik va past- baland ko’rinishdagi 
relyeflami ajratish lozim. Ayniqsa relyefning yirik tektonik, erosion va akkumulyativ shakllariga 
e’tibor berish kerak. 
Xaritada relyefning tuzilishim ko’rsatuvchi gorizontal chiziqlarning joylashishi, 
tog’ jinslarining holati va stratigrafik chegaralariga e’tibor berish. Ilgari aytib 
o’tilgandek, to’rtlamchi davrgacha paydo bo’lgan jinslar gorizontal holatda yotgan bo’lsa, 
qatlamlar orasidagi chegaralar gorizontal chiziqlarga parallel, monoklinal holatda yoki 
bukilmalar hosil qilib yotgan bo’lsa, bir necha gorizontal chiziqlar bilan kesilgan bo’ladi. Agar 
qatlamlaming birlamchi yotish holatlari uzilmalar, bukilmalar ta’sirida o’zgargan bo’lsa u holda 
maydonda ko’p uchraydigan yirik bukilmalaming cho’ziqligini va qatlamlaming yotish 
elementlarini aniqlash kerak. Ayniqsa magmatik tog’ jinslarining yer yuzasiga chiqqan 
qismlariga va qatlamlaming yoriq bo’ylab siljishiga e’tibor berish lozim. Shuningdek, geologik 
strukturalar bilan relyefning o’zaro bog’liqligini ham hisobga olish zarur. 
O’rganilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklinal yoki platforma (jismiga 
ta’luqli ekanligini aniqlash.Geosinklinal qism yer qobig’ining kuchli burmalanishi va mayda 
bo’laklarga (qismlarga) bo’linishi, cho’kindi jinslar qalinligi ko’pligi, magmatik va metamorfik 
jinslaming ko’p tarqalganligi va juda baland tog’li relyeflaming ko’pligi bilan ajralib turadi. 
Platforma qismida esa yer yuzasining relyefi tekis, bukilma va uzilmalar rivojlanmagan


cho’kindi jinslarining qalinligi kichik va magmatik jinslar kam tarqalgan bo’ladi. 
Tog’ jinslarining litologik tarkibini, yotish holatini, yoshini hisobga olgan holda 
maydonni tegishli rayonlarga ajratish. 

Download 117.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling