Maydonning geologik sharoitlarini tahlil qilish.Maydonning geologik tuzilishiga
tushuntirish sharh yozish.Maydonning geologik kartasini har tamonlama o’rganish va tahlil
qilish hamda tanlangan yo’nalishdagi geologik kesmani tuzish asosida tushuntirish sharhi
yoziladi. Tushuntirish sharhi qo’yidagi tartibda yoziladi:
1. Kirish. Bajariladigan ishning Ishning Ishning maqsadii:i va vazifasi, kartaning nomi va
masshtabi ko’rsatiladi.
2. Geomorfologiya. Relyefning xususiyatlari, yer yuzasining eng yuqori va eng
past joylari, notekisliklari ko’rsatiladi. Daryo vodiylari batafsil yoritiladi, terassa
(supalar) soni, ulaming kengligi, bir-biriga nisbatan balandligiga izoh beriladi.
Maydonning litologik va stratigrafik tavsifini. Maydonda tarqalgan cho’kindi,
magmatik va metamorfik jinslarga qisqacha tavsif beriladi va ularning litologik tarkibi, yotish
holatlari,qalinligi va yoshi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Tektonik sharoitlar.Maydonning tektonik tuzilishi qadimda sodir bo’lgan tektonik
harakatlar natijasi orqali ifodaianadi. Yer qobig’ining yuqoriga asta-sekin ko’tarilishini yoki
pastga cho’kishini, egilishini va bukilishini, qatlamlaming burmalar hosil qilib siqilishini, yoriq
va uzilmalar paydo bo’lishini va ular orqali qatlamlaming bir- biriga nisbatan surilishini, hamda
bukilma va uzilmalarni yuzaga keltiruvchi tebranma harakatlarga tavsif beriladi.
Qatlamlaming birlamchi yotish holati o’zgargan yoki uzilmalar va yoriqlar bilan
bo’lingan bo’lsa u holda nisbatan yirik bukilmalar elementlari va cho’ziqlik chegaralari
aniqlanadi. Ayniqsa qatlamlaming yoriqlar bo’yicha siljishiga, sbros, vzbros, graben, gorst
ko’rinishdagi burmalarga, magmatik va metamorfik jinslaming yer yuzasiga chiqqan qismlariga
e’tibor beriladi. Tekshirilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklinal yoki platforma turiga
mansubligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |