8 – Amaliy ish Geologik xaritalar va ularning turlari. Geologik kesma va stratigrafik ustun tuzish usullari. Tog’ kompasi


Kon maydonining stratigrafik ustuni


Download 117.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana25.10.2023
Hajmi117.88 Kb.
#1721708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
231084 (1) (1)

Kon maydonining stratigrafik ustuni. 
Vertikal mashtab 1:500 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


8.4.- amaliy ish. Tog’ kompasidan foydalanib tog’ jinsi qatlamlarini yotish holati 
elementlarini aniqlashni o’rganish. 
Ishning maqsadi: Amaliyotda geologik izlanishlarda, tog’- kon ishlarida tog’ 
jinslarini, foydali qazilma (rudali) jinslarni yer bag’rida yotish, joylashish xolati va tektonik
buzilishlar natijasida xosil bo’lgan uzilma, siljishlar va boshqa tog’ jinsida hosil bo’lgan
o’zgarishlarni yo’nalishi elementlarini aniqlash lozim bo’ladi. Ushbu amaliy ishni bajarish
orqali yuqorida bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash. 
Tabiatda cho’kindi xosil bo’lish jarayoni Yerning ustki qismida xamda dengiz,
okean, daryo, ko’l tublarida gorizontal qatlamlar ko’rinishida sodir bo’ladi. Bu cho’kindi
jinslarning asosiy xususiyatlaridan biridir. Ular yupqa yoki qalin qatlamlar shaklida bo’ladi. 
Qatlamning ustki chegarasi xamda pastki chegarasi bilan farqlanadi. Qatlam qalinligi – bu
qatlamni ustki satxidan (krovlya) – pastki satxigacha (podoshva) bo’lgan eng qisqa masofaga 
aytiladi.
Cho’kindi tog’ jinsi qatlamining birlamchi yotish xolati – gorizontal yotishi
deyiladi va uni yotish qiyalik burchagi nol gradusga teng. Lekin Yer bag’rida ro’y
beradigan tektonik xarakatlar natijasida bunday gorizontal yotish xolatidan – boshqa
xolatga ya’ni gorizontalga nisbatan burchak ostida ( bu burchak 0° dan 90° gacha o’zgarishi 
mumkin) yotish xolatiga o’tadi.
Ko’pgina xollarda qatlam xamda plitasimon ko’rinishda foydali qazilmalar ( ko’mir 
ba h. k.) ham Yer bag’rida ma’lum burchak ostida joylashgan bo’lishi mumkin. Bundan
tashqari tektonik siniqlar, uzilmalar, surilmalar ham Yer bag’ridagi tog’ jinslari qatlami va
foydali qazilma jismlarini kesib, bo’ylamasiga bir necha o’n, yuz km masofaga ma’lum
dunyo tomonlari bo’yicha cho’zilgan bo’lib, Yer bag’rida ko’ndalang kesimi bir necha,
o’n km bo’lishi mumkin. Shu sababdan bunday tektonik buzilishlarni yo’nalishi va qaysi
burchak ostida Yer bag’rida tog’ jinslarini kesib o’tishini aniqlash lozim bo’ladi. 
Tog’ jinsi qatlamlari, foydali qazilma jismlari xamda tektonik yoriq, siniqlarni
gorizontal tekislikka nisbatan qiyalik burchagi xamda dunyo tomonlariga nisbatan
cho’zilish yonalish azimut burchagi deyiladi. Bundan tashqari ularni tushish yo’nalishi
azimut burchagi ham aniqlanadi. 
Ma’lum qiyalik burchak ostida yotgan tog’ jinsi qatlamini gorizontal tekislik bilan
kesganda hosil bo’lgan chiziqqa, qatlam yo’nalish azimuti deyiladi. Tektonik siniq, yoriq
uchun dunyo tomonlariga nisbatan uning yo’nalishi – yo’nalish azimuti deyiladi. 
Demak qatlam, foydali qazilma jismlari xamda tektonik yoriq, 
siniq va darzlarni yotish, qiyalik va yo’nalish burchaklarini aniqlashda qiyalik burchagi,
yotish (tushish) azimuti xamda yo’nalish azimuti kabi elementlari aniqlanadi (3.1 – Rasm). 


3.1 – Rasm. Tog’ jinsi qatlamini yotish elementlari: 
AB – qatlamni yo’nalishi azimuti. 
VG – qatlamning tushish yo’nalishi azimuti. 
α – qiyalik burchagi. 
Q – gorizontal tekislik. 
Tog’ jinsi qatlamlari, tektonik yoriq, siniqlari tushish yo’nalishi azimuti 0° dan
360° gacha o’zgaradi, qiyalik burchagi esa 0° dan 90° gacha o’zgaradi. Agarda
qatlamning qiyalik burchagi 90° ga teng bo’lsa, demak qatlam vertikal xolda Yer
bag’rida joylashgan bo’ladi. Qatlamning yo’nalish azimut yoki tektonik yoriq, yoki
siniqning yo’nalish azimut ham 0° dan 360° gacha o’zgaradi ( 3.2 – Rasm ).
Umuman olganda azimut burchak bu geografik meridian bilan kuzatilgan chiziq
yo’nalishi orasidagi burchak xisoblanadi. 
Yuqorida bayon qilingan burchaklarni amalda tog’ kompasi ( 12.2 – rasm) yordamida
o’lchanadi. Bu asbob ikki asosiy qismdan iborat: 1) Magnit strelkasi – graduslar – 
minutlarga bo’lingan – limb doirasi bilan ba 2) Qiyalik burchak o’lchash strelkasi – yarim 
limbi bilan. Magnit strelkasining shimoliy uchi qora rangda, janubiy uchi qizil rangda. 
Tog’ kompasini, oddiy kompaslardan farqi shundaki – gradus, minut shtrixlari soat strelkasi
yo’nalishiga qarama – qarshi bo’lib, 0° (360° ) va 180° sonlari bir to’g’ri chiziqda yotadi. 
Kompas limbining ichki plastinkasiga dunyo tomonlari 0° (360° ) – Shm (shimol), qarama-
qarshi tomonida 180° Jb (janub), 90° - tomonida Shq (sharq), uning qarama- qarshi
tomonida 270° G’b (g’arb) ( 12.3 – rasm ). 
Kompasdan foydalanishda tog’ jinsi qatlamini yotish (tushish) qiyalik burchagini
aniqlash uchun, kompasning ensiz tomonini qatlamga qo’yiladi va burchak o’lchagich
strelkasi chizig’i joylashgan sonni (gradus, minutlarda) yozib olinadi ( bu son 0° dan 90° 
gacha bo’lishi mumkin ) (12.2. v- Rasm). Tog’ jinsi qatlamini cho’zilish azimutini o’lchashni
12.2. b – rasmdagidek amalga oshiriladi. Tog’ jinsi qatlamini tushish yo’nalishi azimutini
12.2.g – rasmdagidek amalga oshiriladi. Har bir o’lchov natijasi yozib boriladi. 
Tog’ kompasidan foydalanishda, har doim hisob magnit strelkasining qora
tomonidan olinadi. 


12.2.Tog’ kompasini umumiy ko’rinishi. 12.3. – Rasm. Kompas yordamida
burchak o’lchash. 
a - qatlamni cho’zilib yotish yo’nalishini
aniqlash;
b – qatlam yo’nalishi azimutini aniqlash; 
v – qiyalik burchagini aniqlash;
g – yotish azimutini aniqlash. 

Download 117.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling