8 – Amaliy ish Geologik xaritalar va ularning turlari. Geologik kesma va stratigrafik ustun tuzish usullari. Tog’ kompasi


Maydonning geologik rivojlanish tarixi


Download 117.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana25.10.2023
Hajmi117.88 Kb.
#1721708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
231084 (1) (1)

Maydonning geologik rivojlanish tarixi.Tuzilgan stratigrafik kolonka yordamida tog’ 
jinslarining paydo bo’lishi va geologik strukturalaming rivojlanishiga ta’rif beriladi. Yer 
qobig’ining ustki qismini-dengiz, quruqlik, tekislik va tog’laming uzoq geologik vaqt davomida 
o’zgarishi haqida ma’lumotlar beriladi. Arxey, proterazoy, paleozoy, mezazoy va kaynazoy 
eralariga oid o’zgarishlar, taktonik harakatlarga hamda hozirgi relyefni yaratuvchi jarayonlarga 
ta’rif beriladi. 
Xulosa.Geologik kartani tahlil qilish asosida maydonning dastlabki geologik ta’rifi 
beriladi. 
13.1-rasm.Olmaliq rudali tumanining sxematik geologik xaritasi. 


Topshiriq: Geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va 
masshtablarini o‘rganish. 
Kerakli qurollar:
1. Ish daftari 
2. Chizg’ich, ruchka, qalam 
3. Uslubiy ko’rsatma 
4. Geologik xarita 
5. Tog’ jinslari va minerallar 
6. Shartli belgilar chizmalari 
7. Joyning sxematik geologik xaritasi 
8. To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi 
Amaliy ishni bajarish tartibi: 
1. 
O’qituvchi talabaga geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va 
masshtablarini tushuntirib berganidek uslubiy ko’rsatmadan foydalanib, yozma ravishda
yozib so’ngra aytib beradi. 
Hisobot turi:
Dars mashg’uloti tugagandan so’ng yozma xamda chizma rasm orqali hisobot topshiradi. 
 


8.2. – amaliy ish. Geologik xaritaga asoslanib geologik kesmalarni tuzishni o'rganish. 
 
Ishning maqsadi: Talabalarga geologic kesma tuzish usullarini o’rgatish. 
Geologik kartalarda tasvirlangan tog' jinslari va qatlamlarning yotish holatlari, tabaqalanishi,
lotologik tarkibining chuqurlik bo'ylab o'zgarishi hamda maydonning yuza sathi haqida to'laroq 
tasawurga ega bo'lish maqsadida geologik kesmalar chiziladi. 
Geologik kesmalar joylarning geologik tuzilishini to'la xarakterlaydigan qilib tuziladi. 
Buning uchun maydonda qatlamlarning gorizontal va monoklinal holatda yotgan bo'laklari 
hamda bukilmalar, uzilmalar va otqindi jinslar tarqalagan qismlari ajratiladi. Kesma chizig'i 
yo'nalishi qtlamlarning cho'ziqlik chizig'iga, yotish chizig'iga va daryo vodiylariga ko'ndalang 
qilib tanlanadi. Shunda qatlamlarning yotish holati va qalinligi kesmalarda aniq ko'rinadi. 
Tanlangan yo'nalish bo'yicha kesma tuzish uchun dastlab bu yo'nalishdagi ikki nuqta 
geologik kartada to'g'ri chiziq bilan tutashtiriladi. (14.1- rasm,a). Chiziq uzunligi tuziladigan 
kesma uzunligiga mos kelishi kerak. Bu chiziq kesma chiziq deb ataladi va uning har ikkala uchi 
shartli harflar (A-B) yaki raqamlar (1-1) bilan belgilanadi. 
Geologik kesma tuzishdan oldin millimetrovka qog'ozga kesmaning topografik asosi 
chizib chiqiladi. Uning gorizontal va vertikal masshtablari karta masshtabiga mos kelishi zarur. 
Agar yer yuzasi relyefining o'zgarish amplitudasi katta bo'lsa, u holda vertikal masshtab 
gorizontal masshtabga nisbatan ancha yirik qilib olinadi. Qatlamlar bukilmalar hosil qilgan 
bo'lsa, ularning vertikal masshtabini o'zgartirib bo'lmaydi, chunki kesmada tasvirlanayotgan 
bukilmalarning shakli butunlay o'zgarib ketishi mumkun. Bunday hollarda gorizontal va vertikal 
masshtablar bir xil bo'ladi. 
Chizilgan geologik kesmaning tepasiga uning nomi, masshatabi, tuzilgan yih, ostiga esa 
shartji belgilar, kesma tuzuvchining familyasi va boshqa kerakli ma'lumotlar yoziladi. 
Kesmani tuzish uchun kartada belgilangan kesama chizig'i ustiga millimetrovka qog'ozi 
qo'yiladi. Qog'ozga kesma chizig'i bilan gorizontal chiziqlar kesishgan nuqtalar tushiriladi. Bu 
nuqtalarning absolyut balandliklari aniqlanib, nuqta yoniga yozib qo'yiladi. So'ngra qabul 
qilingan vertikal masshtab bo'yicha kesma chizig'iga parallel chiziqlar o'tkaziladi. Kesma 
chizig'ining gorizontallar bilan kesishgan joyidan parallel chiziqlarga perpendikulyar chiziqlar 
chiqarilib, ularning o'zaro kesishgan nuqtalarivertikal masshtab bo'yicha belgilanadi. Shundan 
so'ng nuqtalar o'zaro tutashtirilib, berilgan yo'nalishdagi kesmaning topografik asosi, ya'ni yer 
yuzasining relyefi tuziladi. (14.1- rasm, b). 
Kesma chizig'i bilan stratigrafik bo'linmalarning kcsishishidan hosil bo'lgan chegaralar 
nuqtalar bilan belgilab chiqiladi va kesmaning topografik asosiga tushiriladi. Agar maydonda 
to'rtlamchi davr yotqiziqlari va to'rtlamchi davrgacha hosil bo'lgan yotqiziqlar uchrasa ularning 
qalinligi burg' quduqlari yordamida aniqlanadi. So'ngra jins qatlamlari vertikal masshtab 
bo'yicha kesmaga tushiriladi. Bir xil genetik turga yoshga mansub bo'lgan jinslar chegarasi 
o'zaro tutashtiriladi. Tubjoy jinslarning va uzilmalarning yotish holatlari aniq o'lchovlar 
yordamida kesmada ko'rsatiladi. 
Kesmada tasvirlanadigan to'rtlamchi davr yotqiziqlarining genetik turiga va yoshiga 
qarab rang tanlanadi. Jinslar esa litologik tarkibi bo'yicha shartli belgilarda aks ettiriladi (14.1- 
rasm, v). 
Maydon va tarqalgan qatlamlar burmalangan bo'lsa, ularni kesmalarda tasvirlash uchun 
dastlab bukilma asosida joylashgan qatlamlar ko'rsatilib, so'ngra boshqa qatlamlar chiziladi. 
Antiklinal va sinklinal bukilmalarning o'qlari yuzasini, uzilmalarning yotish holatlarini ko'rsarish 
orqali kesmaga aniqlik kiritiladi. 


Geologik kesmalarda dastavval uzilmalarning yotish holatlari ko'rsatilib, so'ngra 
qatlamlarning yotishi ularga moslab lushiriladi. (14.1-rasmga qarang). 

Download 117.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling