8 – Amaliy ish Geologik xaritalar va ularning turlari. Geologik kesma va stratigrafik ustun tuzish usullari. Tog’ kompasi


Kon maydonining stratigrafik ustuni


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana05.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#231084
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8 - amaliy ish 76a7e003d1a769292d49a3083cc4bf47

Kon maydonining stratigrafik ustuni. 

Vertikal mashtab 1:500 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


8.4.- amaliy ish. Tog’ kompasidan foydalanib tog’ jinsi qatlamlarini yotish holati 

elementlarini aniqlashni o’rganish. 

Ishning  maqsadi:  Amaliyotda    geologik    izlanishlarda,    tog’-  kon    ishlarida    tog’ 

jinslarini,  foydali  qazilma (rudali)  jinslarni  yer  bag’rida  yotish, joylashish  xolati  va  tektonik  

buzilishlar  natijasida  xosil  bo’lgan  uzilma,  siljishlar  va  boshqa  tog’ jinsida  hosil  bo’lgan  

o’zgarishlarni yo’nalishi  elementlarini  aniqlash  lozim  bo’ladi. Ushbu  amaliy  ishni bajarish  

orqali  yuqorida  bayon  qilingan  nazariy  bilimlarni  mustahkamlash. 

 

Tabiatda    cho’kindi    xosil    bo’lish    jarayoni    Yerning    ustki    qismida    xamda    dengiz,  



okean,  daryo,  ko’l  tublarida  gorizontal  qatlamlar   ko’rinishida  sodir  bo’ladi. Bu  cho’kindi  

jinslarning  asosiy  xususiyatlaridan  biridir. Ular  yupqa yoki  qalin  qatlamlar  shaklida  bo’ladi. 

Qatlamning    ustki    chegarasi    xamda    pastki    chegarasi  bilan  farqlanadi.  Qatlam  qalinligi  –  bu  

qatlamni  ustki  satxidan (krovlya) – pastki satxigacha (podoshva)  bo’lgan eng  qisqa  masofaga 

aytiladi.  

 

  Cho’kindi    tog’    jinsi    qatlamining    birlamchi    yotish    xolati  –  gorizontal    yotishi  



deyiladi    va    uni    yotish    qiyalik    burchagi    nol  gradusga  teng.  Lekin    Yer    bag’rida    ro’y  

beradigan    tektonik    xarakatlar    natijasida    bunday    gorizontal    yotish    xolatidan  –  boshqa  

xolatga ya’ni  gorizontalga  nisbatan  burchak  ostida ( bu burchak 0° dan 90° gacha o’zgarishi 

mumkin)  yotish  xolatiga  o’tadi.     

 

 Ko’pgina  xollarda  qatlam  xamda  plitasimon  ko’rinishda  foydali  qazilmalar ( ko’mir 



ba  h. k.)  ham  Yer  bag’rida  ma’lum  burchak  ostida  joylashgan  bo’lishi  mumkin. Bundan  

tashqari  tektonik  siniqlar,  uzilmalar,  surilmalar  ham  Yer  bag’ridagi  tog’ jinslari  qatlami  va  

foydali  qazilma   jismlarini  kesib,   bo’ylamasiga  bir  necha  o’n,  yuz  km  masofaga   ma’lum  

dunyo  tomonlari  bo’yicha   cho’zilgan  bo’lib, Yer  bag’rida  ko’ndalang  kesimi  bir  necha,  

o’n  km  bo’lishi  mumkin. Shu  sababdan  bunday  tektonik  buzilishlarni  yo’nalishi  va  qaysi  

burchak  ostida  Yer  bag’rida  tog’  jinslarini   kesib  o’tishini  aniqlash  lozim  bo’ladi. 

 

 Tog’  jinsi    qatlamlari,    foydali    qazilma    jismlari    xamda    tektonik    yoriq,    siniqlarni  



gorizontal    tekislikka    nisbatan    qiyalik  burchagi    xamda    dunyo    tomonlariga    nisbatan  

cho’zilish    yonalish    azimut    burchagi    deyiladi.  Bundan    tashqari    ularni    tushish    yo’nalishi  

azimut  burchagi  ham  aniqlanadi. 

           Ma’lum  qiyalik  burchak  ostida  yotgan  tog’ jinsi  qatlamini  gorizontal  tekislik  bilan  

kesganda  hosil  bo’lgan  chiziqqa,  qatlam  yo’nalish  azimuti  deyiladi. Tektonik  siniq,  yoriq  

uchun  dunyo  tomonlariga  nisbatan  uning  yo’nalishi – yo’nalish  azimuti  deyiladi. 

           Demak  qatlam, foydali  qazilma  jismlari  xamda  tektonik  yoriq, 

siniq  va  darzlarni  yotish,  qiyalik  va  yo’nalish  burchaklarini  aniqlashda  qiyalik  burchagi,  

yotish (tushish)  azimuti xamda  yo’nalish    azimuti  kabi  elementlari  aniqlanadi (3.1 – Rasm). 



 

    3.1 – Rasm. Tog’  jinsi  qatlamini  yotish  elementlari: 

                 AB – qatlamni  yo’nalishi  azimuti. 

                 VG – qatlamning  tushish  yo’nalishi  azimuti. 

                   α – qiyalik  burchagi. 

                   Q – gorizontal  tekislik. 

              Tog’  jinsi    qatlamlari,    tektonik    yoriq,    siniqlari  tushish    yo’nalishi    azimuti    0°    dan  

360°    gacha      o’zgaradi,      qiyalik    burchagi    esa    0°    dan    90°    gacha    o’zgaradi.  Agarda  

qatlamning    qiyalik    burchagi    90°    ga    teng    bo’lsa,    demak    qatlam    vertikal    xolda    Yer  

bag’rida    joylashgan    bo’ladi.  Qatlamning    yo’nalish    azimut    yoki    tektonik    yoriq,    yoki  

siniqning  yo’nalish  azimut  ham  0° dan 360°  gacha  o’zgaradi ( 3.2 – Rasm ).                                                                                                             

         Umuman    olganda    azimut    burchak    bu    geografik    meridian    bilan    kuzatilgan    chiziq  

yo’nalishi  orasidagi  burchak  xisoblanadi. 

            Yuqorida  bayon  qilingan  burchaklarni  amalda  tog’  kompasi ( 12.2 – rasm) yordamida  

o’lchanadi.  Bu    asbob    ikki    asosiy    qismdan    iborat:     1)  Magnit     strelkasi      –     graduslar  – 

minutlarga  bo’lingan – limb  doirasi  bilan ba   2) Qiyalik  burchak  o’lchash  strelkasi  – yarim 

limbi    bilan.  Magnit    strelkasining    shimoliy    uchi    qora   rangda,   janubiy    uchi    qizil    rangda. 

Tog’  kompasini,  oddiy  kompaslardan  farqi  shundaki – gradus, minut shtrixlari  soat  strelkasi  

yo’nalishiga  qarama – qarshi  bo’lib,  0° (360° )  va  180°  sonlari  bir  to’g’ri  chiziqda  yotadi. 

Kompas  limbining  ichki  plastinkasiga  dunyo  tomonlari  0° (360° )  – Shm (shimol),  qarama-

qarshi    tomonida    180°    Jb  (janub),    90°  -  tomonida    Shq  (sharq),  uning    qarama-  qarshi  

tomonida  270°  G’b (g’arb)  ( 12.3 – rasm ). 

              Kompasdan   foydalanishda  tog’  jinsi  qatlamini   yotish (tushish)  qiyalik  burchagini  

aniqlash    uchun,    kompasning    ensiz    tomonini    qatlamga    qo’yiladi    va    burchak    o’lchagich  

strelkasi      chizig’i    joylashgan    sonni  (gradus,  minutlarda)  yozib  olinadi  (  bu  son  0°  dan  90° 

gacha  bo’lishi  mumkin ) (12.2. v- Rasm). Tog’ jinsi  qatlamini  cho’zilish  azimutini  o’lchashni  

12.2. b  – rasmdagidek  amalga  oshiriladi. Tog’  jinsi  qatlamini  tushish   yo’nalishi  azimutini  

12.2.g – rasmdagidek  amalga  oshiriladi. Har  bir  o’lchov  natijasi  yozib boriladi. 

             Tog’    kompasidan    foydalanishda,    har    doim    hisob    magnit    strelkasining    qora  

tomonidan  olinadi. 

 



 

 

 



12.2.Tog’ kompasini  umumiy  ko’rinishi.  12.3. – Rasm. Kompas  yordamida   

burchak  o’lchash. 

 a - qatlamni  cho’zilib  yotish yo’nalishini   

aniqlash;  

b – qatlam  yo’nalishi  azimutini  aniqlash; 

v – qiyalik  burchagini  aniqlash;             

g – yotish  azimutini  aniqlash. 

 

Topshiriq: Stolga  o’rnatilgan  maket  bo’yicha  cho’kindi  tog’  jinslarining  qatlamlarini  yotish  

elementlarini  aniqlang. 

              Kerakli qurollar:   

1. 


Ish  daftari 

2. 


Chizg’ich, ruchka, qalam 

3. 


Uslubiy  ko’rsatma 

4. 


Tog’  jinsi  qatlamlari  maketi 

5. 


Tog’  kompasi. 

 

Amaliy  ishni  bajarish  tartibi: 

   1. 

O’qituvchi  talabaga  tog’  jinsi  qatlamlari  maketini (monklinal qatlamlar maketi) stolga  



o’rnatib  beradi. Talaba  o’qituvchi  tushuntirib  berganidek  uslubiy  ko’rsatmadan  foydalanib,  

yozma  ravishda  yozib  so’ngra  aytib  beradi. 

 

Hisobot  turi:  

    Dars  mashg’uloti  tugagandan  so’ng   yozma  xamda  chizma  rasm  orqali  burchak  o’lchash  



natijalarini  topshiradi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling