8- laboratoriya mashg`uloti. Qog‗oz xromatografiyasi usulida rutinni tahlil qilish laboratoriya mashg‗ulotining rejasi Qog‗oz xromatografiya


Download 25.87 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi25.87 Kb.
#1531125
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 M


8- LABORATORIYA MASHG`ULOTI. QOG‗OZ XROMATOGRAFIYASI USULIDA
RUTINNI TAHLIL QILISH
Laboratoriya mashg‗ulotining rejasi
Qog‗oz xromatografiya
usuli haqida ma‘lumot.Dori vositalarini qog‗oz xromatografiyasi yordamida
sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan tanishtirish.
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni qog‗ozda bajariluvchi taqsimlash xromatografiyasi variantlari bilan
tanishtirish. Qog‗oz xromatografiyasidagi qo‗zg‗almas va qo‗zg‗aluvchi fazalar haqida to‗liq ma‘lumot
berish. Laboratoriya ishlar bajarish uchun qo‗llaniladigan xromatografik qog‗ozlarga qo‗yiladigan
talablar, ularning turlari, tozalash, gidrofillik, gidrofob xromatografik qog‗ozlarni tayyorlashni o‗rganish.
Dori vositalarini qog‗oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan tanishtirish.
Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar:
- Laboratoriya ishlar bajarish uchun qo‗llaniladigan xromatografik qog‗ozlarga qo‗yiladigan talablar,
ularning turlari, tozalash, gidrofillik, gidrofob xromatografik qog‗ozlarni tayyorlashni o‗rganish
- Dori vositalarini qog‗oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan tanishtirish.;
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: Darslik, ma‘ruza matni,
o‗quv qo‗llanmalar, xromatografik qog‗ozlar, kolonka, qozg‘aluvchi fazalar, chizg‘ich, purkagich, UBlampa, turli ochuvchi reagentlar, voronka, probirkalar, reaktivlar, ko‗rgazmali materiallarlar, skotch,
qog‗oz
Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Qog‗oz xromatografiyasida qo‗llaniladigan xromatografik qog‗ozlarga
qo‗yiladigan talablar
Taqsimlanish xromatografiyasi usulida ishlatiladigan qog‗ozlarga quyidagi talablar qo‗yiladi.
Qog‗oz kimyoviy toza bo‗lishi, kimyoviy nuqtai-nazardan neytral bo‗lishi, bir xil zichlikka ega bo‗lishi,
erituvchilarni bir xil tezlikda harakatlanishini ta‘minlashi lozim bo‗ladi. Bundan tashqari qog‗oz
xromatografiyasida qo‗llaniladigan qog‗oz strukturasi, qog‗oz tolalarini joylashishi ham asosiy
talablardan xisoblanadi.
Dori vositalarini xromatografik tahlil qilishda qo‗llanadigan va sanoatda ishlab chiqarilgan qog‗ozni
turli reagentlar bilan ishlanadi. Masalan: ami-nosirka kislotasi, trilon B, 8-oksixinolin va boshqalar. Bu
HO C
CH2
COONa
COONa
CH2 COONa
+ [Kaf]H + HO C
CH2
COOH
COOH
CH2 COOH
+ [Kaf]N a+
HO C
CH2
COOH
COOH
CH2 COOH
+ 3NaOH HO C
CH2
COONa
COONa
CH2 COONa
+ 3H2O
191
reaktivlar qog‗oz tarkibidagi turli noorganik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Hosil
bo‗lgan kompleks birikmalar turli erituvchilar bilan yuvib tashlanadi.
Xromatografik qog‗oz sifatida maxsus tayyorlangan qog‗ozlardan tashqari zichligi yuqori bo‗lgan filtr
qog‗ozlar, vatman xromatografik qog‗ozlarini ham ishlatish mumkin.
Odatda to‗rt xil xromatografik qog‗ozlar ishlab chiqiladi. N1,2,3,4. Ular tolalarini zichligi,
erituvchilarni qo‗zg‗alishi tezligi bilan bir-biridan farqlanadi.
N1,2 raqamli xromatografik qog‗ozlar zichligi kam bo‗lgani uchun ular "tez",3, 4 raqamlilar esa
zichligi yuqori bo‗lgani uchun "sekin" xromatogramma olinuvchi xromatografik qog‗ozlar deb
yuritiladi.Xromatografik qog‗ozni asosan uni 1 m2 hajmini og‗irligi (gr.), qatlam qalinligi (mm), vaqt
birligida erituvchini, suvni hamda n-butanol - sirka kislotasi - suv (4:1:5) aralashmasini qo‗zg‗alish
vaqti xisobi
bilan belgilanadi.
Aniq xromatogramma olishda, ya‘ni moddalar aralashmasini aniq ajralishini ta‘minlashda qog‗oz
tolalarini erituvchini yurish yo‗li bo‗yicha joylashishi katta ahamiyatga ega.
Qog‗oz xromatografiyasida qo‗llaniladigan qog‗oz o‗z tarkibida ma‘lum miqdorda qo‗zg‗almas faza
ya‘ni suv saqlashi lozim. Odatda xromatografik qog‗oz gidrofil bo‗ladi, chunki qog‗oz tarkibida 20- 22
% suv saqlaydi.

Download 25.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling