8- laboratoriya mashg`uloti. Qog‗oz xromatografiyasi usulida rutinni tahlil qilish laboratoriya mashg‗ulotining rejasi Qog‗oz xromatografiya
XROMATOGRAFIK QOG‗OZLARNI GIDROFOBLASH
Download 25.87 Kb.
|
1 M
- Bu sahifa navigatsiya:
- MODDALARNI XROMATOGRAFIK QOG‗OZDA TAQSIMLANISH NAZARIYASI
XROMATOGRAFIK QOG‗OZLARNI GIDROFOBLASH
Suvda erimaydigan moddalarni ajratishda qog‗ozni gidrofil holatidan gidrofob holatiga o‗tkaziladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: qog‗ozni turli gidrofob moddalar bilan shimdirish va qog‗ozni atsetillash. Masalan: qog‗ozni 1% parafinni petroleyn efiridagi eritmasi bilan shimdirish, 0,5% kauchukni benzoldagi eritmasi bilan shimdirish, 1-2% tozalangan o‗simlik yog‗ini etil efiridagi eritmasi bilan shimdirish. Qog‗ozni atsetirlash uchun uni atsetirlovchi aralashma bilan shimdiriladi. Atsetirlovchi aralashma 90 ml sirka angidridi,10ml petroleyn efiri, 8-10 tomchi konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan tayyorlanib, qog‗oz shu aralashmaga 45 daqiqaga bo‗ktiriladi, so‗ngra uni olib, oqar suvda 15 daqiqa davomida yuviladi, 10-15 daqiqa distillangan suvda qoldirilib, so‗ng yuviladi va quritiladi. Yuqoridagi usullarda ishlangan qog‗ozni gidrofobligi tekshiriladi. Buning uchun qog‗ozga bir tomchi suv tomiziladi. Bunda suv tomchisi qog‗ozni namlamasdan uni yuzasidan oqib tushib ketishi lozim. Gidrofoblangan qog‗ozda bajariladigan xromatogramma asosan suvda erimaydigan yoki yomon eriydigan moddalarga nisbatan keng qo‗llaniladi. Gidro-foblangan xromatografik qog‗ozda qo‗zg‗almas faza sifatida qutbsiz erituvchi, qo‗zg‗aluvchi faza sifatida qutbli erituvchilar olinadi. MODDALARNI XROMATOGRAFIK QOG‗OZDA TAQSIMLANISH NAZARIYASI Xromatografik qog‗oz o‗z g‗ovaklarida havodan shimilgan namlik xisobiga 22% gacha suv saqlaydi. Ana shu namlik qog‗ozda qo‗zg‗almas faza vazifasini o‗taydi. Xromatografik jarayonni bajarish uchun zarur bo‗lgan qog‗oz o‗lchami qirqib olingach, uning bir tomoniga (start), qirg‗og‗idan 2-3 sm yuqorida nuqtalar belgilanib, tekshiriluvchi namuna eritmasi kapillyar naychalar yordamida shimdi-riladi, bunda shimilishdan hosil bo‗ladigan namlik diametri 0,5 sm dan oshmasligi kerak. Nuqta qurigach xromatografik lenta avvaldan qo‗zg‗aluvchi faza porlari bilan 20-30 daqiqa davomida to‗yintirilgan kolonkaga joylashtiriladi. Xromatografik jarayon davomida nuqtaga shimdirilgan modda qo‗zg‗aluvchi fazaga o‗tadi va qog‗oz kapillyarlari bo‗ylab turli tezlikda harakatlanadi. Bunda moddalar qog‗ozdagi saqlagan namlik (qo‗zg‗almas faza) va erituvchi (qo‗zg‗aluvchi faza) orasida qayta taqsimlanadi. Moddalarni qog‗oz lentasi bo‗yicha taqsimlanishi Rf koeffitsenti bo‗yicha aniqlanadi ( Rf- qanday aniqlanadi). Rf qiymatiga qo‗zg‗almas va qo‗zg‗aluvchi fazalar hamda aniqlanuvchi moddalar xarakterlari, kameraning erituvchi sistema porlari bilan to‗yinganligi, eksperiment olib borish sharoitlari (harorat, bosim, namlik darajasi) ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun Rf qiymati nisbiy bo‗lib, moddalar sifatini aniqlashda yo‗naltiruvchi ahamiyatga ega. Qog‗oz xromatografiyasi variantlari bir tomonlama yuqoridan pastga, bir tomonlama pastdan 192 yuqoriga, ikki tomonlama xromatografik usulda, aylana (radial) xromatografik usulda, qog‗oz kolonkali xromatografiyasi hamda elektroforetik xromatografik taqsimlanish usullaridan iborat. Download 25.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling