8 – ma’ruza. Mavzu: tekis kesim geometrik xarakteristikalari reja


Download 318.18 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi318.18 Kb.
#1407024
  1   2   3   4
Bog'liq
8 – ma’ruza. Mavzu tekis kesim geometrik xarakteristikalari rej


8 – ma’ruza.
Mavzu: TEKIS KESIM GEOMETRIK XARAKTERISTIKALARI


Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar;
2. Tekis kesim yuzining o‘qqa nisbatan statik momentlari va kesimning og‘irlik markazi;
3. Kesimning o‘qlarga nisbatan qutb va markazdan qochuvchi inersiya momentlari;
4. Inersiya momentlarini o‘qlarni parallel ko‘chishiga bog‘liqligi.;
5.Oddiy tekis kesim yuzalarning inersiya momentlari.


Tayanch iboralar:

Geometrik xarakteristikalar, tekis kesim yuzalarining o‘qqa nisbatan statik moment, tekis kesim yuzalarining o‘qqa nisbatan inersiya momentlari, kesim yuzalarining o‘qqa nisbatan qarshilik momentlari, og‘irlik markazi, murakkab kesim, oddiy kesim, elementar yuzacha, parallel o‘qlar, integrallar, markaziy o‘qlar, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchakli tekis kesimning yuzasi, doira, yarim doira, halqa, og‘ish burchagi, bosh o‘qlar, bosh inersiya momentlari, qarshilik momentlari.




11.1-§. Umumiy ma’lumotlar

Ma’lumki cho‘zilish va siqilishga ishlovchi sterjenlarning ko‘ndalang kesimida hosil bo‘lgan kuchlanishlar, sterjen mustahkamligi va bikirligi ko‘ndalang kesim o‘lchamlari miqdoriga bog‘liq.


Ko‘ndalang kesim yuzasi bir-biriga teng bo‘lgan sterjenlarni ikki xil mahkamlangan holatdagi egilishini qarab chiqamiz (11.1,a,b-chizma). Bunda to‘plangan kuch ta’sirida bo‘lgan sterjenlarning erkin uchlaridagi vertikal ko‘chishlari biri ikkinchisidan katta farq qiluvchi ikki xil miqdorga ega bo‘lganligini ko‘ramiz:

11.1-chizma.Tashqi kuch tasiridan sterjenda hosil bo‘lgan deformatsiyalari.
Demak, bu misoldan ko‘rinadiki, ko‘ndalang kesim yuzasi sterjenning egilishda muhim ro‘l o‘ynamaydi.
Xulosa qilib shularni aytish lozim.
1.Sterjenlarni egilishga, buralishga murakkab qarshilikka hisoblashda, shuningdek siqilgan sterjenlarni ustuvorlikka hisoblashda kesim yuzidan murakkabroq bo‘lgan geometrik xarakteristikalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
2.Bunday xarakteristikalar jumlasaga tekis kesim yuzalarining o‘qqa nisbatan statik momentlari, tekis kesim yuzalarining o‘qqa nisbatan inersiya momentlari, qutb inersiya momentlari va kesim yuzalarining o‘qqa nisbatan qarshilik momentlari kiradi.



Download 318.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling