8- mavzu: Tibbiyot genomikasi


Download 27.53 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1330127
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma\'ruza

Gen terapiya- turli kasalliklarni davolash uchun insonlarning somatik hujayralari genetik apparatiga o’zgartirishlar kiritadigan gen injeneriyasi va tibbiy usullarning yig’indisidir.
Gen terapiya inson DNK sining viruslar bilan zararlanishi yoki DNK strukturasidagi mutatsiya chaqiruvchi o’zgarishlar tufayli kelib chiqadigan nuqsonlarni to’g’irlash yo’nalishidagi yangi va jadal rivojlanib borayotgan sohadir.
Gen terapiya konsepsiyasi- bakteriyalarda transformatsiya jarayonining va shish hosil qiluvchi viruslarning hayvon hujayralariga transformatsiyalanish mexanizmining kashf qilinishi bilan yuzaga keldi.
Hujayralar genomiga istalgan genetik materialni barqaror holatda kiritish mumkin. Bunday ishni shish hosil qiluvchi viruslar amalga oshiradi. Somatik hujayralarni genetik korreksiya qilish metodlari 1980 yildan boshlab amalga oshirilgan bo’lib, izolirlangan genlar eukariotik ekspressiya vektorlari yordamida sichqon va boshqa hayvonlarga genlarni ko’chirib o’tkazishning oddiy usullari yordamida amalga oshirilgan.
Gen terapiyasi tarixi. 1972 yilda Fridman va Doblin Sayns jurnalida “ inson genetik kasalliklari uchun gen terapiya usuli” degan maqola chop etdi. 1970 yilda Rodjert genetik nuqsonlardan zarar ko’rgan insonlarning defekt (nuqsonli) DNK ni almashtirishni taklif qilgan. 1984 yilda sut emizuvchilar xromosomasiga retroviruslar yordamida yot genlarni kiritish tizimi yo’lga qo’yilgan. 1990-1993 yillarda gen terapiyasi usulida dastlabki klinik amaliyotlar o’tkazilgan.

  • 1970 yil- Rodjers genetik nuqsondan aziyat chekkan kishilarda defekt DNK ni almashtirishni taklif qildi;

  • 1984 yil- Sutemizuvchilar xromosomalariga yot genlarni samarali kirita oladigan retrovirus vektorlar tizimi yaratildi.

  • 1990 yil- AQSHda Vil’yam Anderson boshchiligida gen terapiyasining birinchi klinik sinovi o’tkazildi.

  • 1993-2002 yillar- 1993 yil Kaliforniya universitetida French Anderson jamoasi SCID (og’ir kombinirlangan immunotanqislik) bilan kasallangan bemorda gen terapiyasi o’tkazdi. 1999 yil SCID bilan kasallangan har to’rtinchi bola gen terapiyasi yordamida davolandi.

  • 2003 yil- Kaliforniya universiteti olimlari bosh miya neyronlariga liposomalar yordamida gen ko’chirib o’tkazishga muvaffaq bo’ldilar. YAngi texnologiya asosida Parkinson kasalligining gen terapiyasi usuli ishlab chiqildi.

  • 2006 yil- Gen terapiyasini qo’llagan holda saratonga qarshi samarali kurashning dastlabki namoyishi o’tkazildi.

2007 yil- tug’ma Leber amavrozini davolashda birinchi gen terapiyasi sinovini e’lon qildi.

  • 2008 yil- sichqonlarda o’roqsimon anemiya terapiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

  • 2009 yil- OKID va OIV bemorlari holatining yaxshilanishida gen terapiyasi omadli qo’llanildi. SHuningdek, surunkali kasalliklar hamda ko’rlik va karlikning ba’zi turlarini davolashda gen terapiyasining qo’llanilishi samarali natijalarni berdi.

  • 2010 yil- akromatopsiya yoki to’liq rang ko’rolmaslik kassalligi uchun konusning fotoretseptorlariga yo’naltirilgan gen terapiyasi usuli ishlab chiqildi.

  • 2011 yil- Rossiyada «Neovaskulgen» —genterapiyasi sinfiga oid dastlabki kritik ishemiyani o’z ichiga olgan pereferik arterial kasalliklarga qarshi preparat qayd qilindi.

  • 2013 yil- dunyoda 5 ta gen preparatlarini amaliyotda qo’llanilishiga ruxsat berildi: 3 tasi yangi paydo bo’lgan yomon shishlarni, to’rtinchisi-gliber, kam uchrovchi irsiy kasallik-lipoproteinlipaza tanqisligi, va neovaskulgen.

  • 2017 yil- Kaliforniyada dunyoda ilk marta mukopolisaxaridozning II tipi bilan kasallangan bemor tanasi ichida to’g’ridan to’g’ri genomni «tahrirlash» tadbirlari amalga oshirildi.


Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling