8- mavzu: Tibbiyot genomikasi


DNK vaksinatsiya (DNK immunizatsiyasi)


Download 27.53 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1330127
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma\'ruza

DNK vaksinatsiya (DNK immunizatsiyasi). DNK vaksinatsiya- gen muhandislik qurilmasi bo’lib, u hujayraga kiritilganda patogen yoki o’sma antigeni oqsillarining ishlab chiqilishini ta’minlaydi hamda immun reksiya chaqiradi. DNK vaksinalarni organizmga kiritish genetik immunizatsiya deyiladi. DNK vaksinatsiya davolash bilan bir qatorda, bir qator kasalliklarni bashorat qilish va oldini olishga yordam beradi. DNK vaksinalar spetsifik hujayralar immunitetini hosil qiluvchi jonli vaksinalar sintezlanishini ham ta’minlaydi.
DNK vaksina strukturasi- vektor ichiga qurilgan ma’lum bir antigen yoki antigenlarni kodlovchi nukleotidlar ketma-ketligidir. Gen muhandisligida vektor – bu nuklein kislota molekulasi bo’lib, u genetik materialni hujayralarga yetkazish va uning ko’payishini yoki ifodalanishini ta’minlaydi. Ilgari viruslar asosidagi vektorlar genlarni hujayraga ko’chirish uchun ishlatilgan (kuchsizlantirilgan chechak virusi, adenoviruslar va retroviruslar). Bugungi kunda bakterial plazmidlardan vektorlar sifatida keng foydalanilmoqda.
Hujayra terapiyasi. Hujayra terapiyasi ko’plab og’ir kasalliklarni davolash, travmatik jarohatlardan so’ng bemorlarni reablizatsiya qilish va qarishning dastlabki belgilari bilan kurashish uchun katta yoshdagi odamlar asos hujayralarining regenerativ salohiyatidan foydalanishga asoslangan yangi tibbiy rasmiy yshnalishdir. O’zak hujayralar yurak klapanlari, qon tomirlar, traxeyani hosil qilish, shuningdek sog’lom teri olishda biomaterial sifatida xizmat qiladi hamda suyak nuqsonlarini bartaraf etish, plastik va rekonstruktiv jarrohlikning boshqa maqsadlarni ta’minlashda qo’llaniladi.
Hujayra terapiyasi olimlar tomonidan o’zak hujayralarning boshqa hujayralarga aylanishi va zararlangan organlarni qayta tiklashga asoslangan holda olib boriladi. Klinik maqsadlarda o’zak hujayralari asosan suyak iligidan, keyinchalik davolanishni davom ettirish uchun kattalarning pereferik qonidan olinadi.
Suyak iligidan gemopoetik o’zak hujayralarning birinchi rasmiy transplantatsiyasi 1959 yilda Donal Toma tomonidan amalga oshirilgan.
Hujayra terapiyasi 2 xil: autolog (bemorlarning o’z hujayralaridan) va allogen (donordan olinadi) usulda olib boriladi.

Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling