8- mazvu: Estetika nazariyasi. Reja
Download 31.75 Kb.
|
8- Mavzu
Go`zallik - hodisani mukammallik nuqtai nazaridan, eng yuqori estetik qiymatga ega ekanligi bilan tavsiflovchi estetik kategoriya.
Go`zallikning konkret-hissiy namoyon bo`lishi: uyg`unlik, simmetriya, ritm, mutanosiblik, maqsadga muvofiqlik, shuningdek ob`ektlarning tashqi ko`rinishini tavsiflovchi tovush va rang-yorug`lik munosabatlari. Go`zallik tabiati to`g`risidagi masalada bir nechta yondoshuvni ko`rsatishimiz mumkin: 1. Go`zallik – narsalarning o`zining ob`ektiv xususiyati. Bunday yondoshuv qadimgi YUnoniston naturfalsafasida shakllangan bo`lib, unda go`zallik koinotdagi uyg`unlik, yaratilishdagi go`zallik tariqasida tushunilgan. Go`zallikning bu talqini frantsuz ma`rifatparvarlik estetikasiga ham xos edi. Go`zallik - bu tabiatning o`ziga xos xususiyati, masalan, vazn, rang, hajm kabi. 2. Estetika voqeligi betaraf (neytral), go`zallik manbai inson qalbida yotadi. Go`zallik - bu voqelik hodisalarini sub`ektiv idrok etish. 3. Go`zallik - ob`ektiv voqelikning xususiyatlarini go`zallik o`lchovi sifatida inson bilan yoki uning amaliy ehtiyojlari, hayotdagi go`zallik haqidagi g`oyalari va tasavvurlari bilan nisbatlash natijasidir. Go`zallik hodisalarning odamlarning didi va ideallari prizmasi orqali sub`ektiv estetik baholashlarga asoslanadigan ob`ektiv-estetik ma`nosi sifatida namoyon bo`ladi. Shuni ta`kidlash kerakki, uchinchi yondashuv madaniyat tarixida ustunlik qiladi. Uning tarafdorlari Platon, Sokrat, Aristotel, N.Chernishevskiy va boshqalar edi. Gnoseologik nuqtai nazardan, go`zallik - bu haqiqiy ob`ektning fikriy qiyofasi. Shu bilan birga, u aks ettirilgan ob`ektni ideallashtiruvni nazarda tutadi. Go`zallik - bu tasavvur asosida qurilgan ob`ektning aqliy modeli, uning uyg`un xususiyatlari fikr bilan oxirigacha etkaziladi. Xunuklik - bu estetikaning go`zallikning aksi bo`lgan, salbiy estetik qiymatni ifodalaydigan kategoriyasi. Xunuklik – me`yor, tartibdan ajralganlik, xaos. Qadimgi yunon estetikasida xunuklik yo`qlik, yovuzlik tushunchalariga yaqinlashtirilgan. O`rta asr estetikasida gunohning namoyon bo`lish shakli va oqibati sifatida qabul qilingan. Ma`rifat estetikasi san`atdagi xunukni aks ettirishni imkonsiz deb hisobladi. Ammo, Uyg`onish davrida tabiatning qudratli energiyasi va cheksiz xilma-xilligining dalili sifatida xunukning buyuk ijodiy kuchi tan olingan. Romantizm «ektsentriklik»ning va «xunuklik»ning san`at uchun qiymatiga urg`u berdi. Modernizmda u beqiyos qadriyat sifatida talqin qilingan. San`atdagi go`zallik va xunuklikning dialektikasi Aristotel` tomonidan jo`da yaxshi ko`rsatib berilgan. Uning ta`kidlashicha, badiiy faoliyatda xunuklik mukammal, go`zal tarzda tasvirlanishi mumkin, ya`ni u go`zallik xususiyatlarini oladi. Shunday qilib, xunukning estetik kechinmalari ikki tomonlama: san`at asaridan zavqlanish tasvirlash predmetiga bo`lgan jirkanish hissi bilan birga keladi. Ulug`vor sifat jihatidan go`zal deb ta`riflangan, ammo bu sifat o`zini yuksak darajadagi go`zallik, cheksiz go`zallik kabi namoyon etadi. Ulug`vorlik bizga hayratlanish, zavq, uyg`un talab va yuqori madaniyat ierarxiyalarining ilohiy dasturini his etish tuyg`ularini beradi. Download 31.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling