8-amaliy mashg’ulot. Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash


Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi: - bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar)


Download 1.78 Mb.
bet2/5
Sana16.04.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1358689
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxsiy himoya vositalarini o’rganish va tanlash

Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi: - bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar)

Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi: - bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar)

- bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar.

Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yo’qotishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini yoki kasbiy ish qobiliyatini yoxud ikkalasini ham yo’qotishi mumkin.

Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi: Ochiq shikastlanishlar - Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanish:

Yopiq shikastlanishlar - Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanish:

2. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning sabablari.

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning barcha sabablarini shartli ravishda quyidagilarga birlashtirish mumkin: texnik, tashkiliy, sanitariyagigienik, psixofiziologik, iqtisodiy va xodimning aybi bilan yuz beradigan kasalliklar.

Texnik sabablar: Uskuna va moslamalarning, to’siq qurilmalarining, tormoz tizimining ishlamasligi yoki nosozligi, gidravlik tizimining zich emasligi tufayli kelib chiqadi.

Tashkiliy sabablar: Ish joylarining uskuna, moslama va yordamchi asboblar bilan yetarli ta’minlanmaganligi, yukko’tarish vositalari, bog’lab qo’yuvchi moslamalaming yo’qligi, yo’l-yo’riqning o’z vaqtida berilmaganligi va mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitish ishlarining sust olib borilganligi, mehnat xavfsizligi bo’yicha ko’rsatmalarning yo’qligi, ishchilarning o’z vaqtida maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmaganligi, dam olish va mehnat qilish tartibining buzilishi tufayli kelib chiqadi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling