1-boshlovchi:
Ne-ne kamsituvlarni, ko’rgan
shu boshim bilan
Ona xalqim , qosingda tizza bukib turibman.
O’zbekcha gapirganda , bir chuqum oshim bilan
Sadaqayi baxting deb borim to’kib turibman.
2-boshlovchi:
Garchand doim ungandir gul chechaklar bog’imda
Temur va Navoiyni
eslaymiz takror-takror
Menku uzoq yasharman, lekin ketar chog’imda
Tepamda egilajak o’z tug’im bayrog’im bor.
1-boshlovchi:
Hozirgi navbatni
7-“B” sinf o’quvchilari ishtirokida “Konstitutsiya kitobi va bilimdon bolajonlar “ mavzusidagi she’riy sahna ko’rinishiga beramiz.
2-Boshlovchi:
Sahna ko’rinish yakunida
7-“B”sinf o’quvchisi Negmatov Asilbek ijrosida gitarada go’zal qo’shiq ijro etadi.Marhamat, tinglab tomosha qiling.
1-boshlovchi:
Konstitutsiya
jahon andozasida yozilgan, ilg’or va takomillashgan Qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamizning qanchalar mukammal ishlab chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi
2-boshlovchi: Ayniqsa, xalq manfaatlariga xizmat qilayotganligi yurt-doshlarimizning ertangi kuni porloqligidan dalolat beradi.
U mustaqillik, ozodlik va xalqparvarlik g’oyalari bilan sug’orilib, kelajakda O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta’minlashga qodirdir.
1-boshlovchi:
Mehriniso, davramizga, sho’x-shodon jajji bolajonlarimizni taklif qilaylikchi.