1989-yil 21-oktyabr -O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.Bu istiqlol yo’lida tashlangan mardonavor qadamlardan bittasi edi.
2-o’quvchi:
Onam allasida , seni mehring bor,
Sendan orom olgan kunlaring bisyor.
Bolalik chog’imda hali ko’zim zor.
BIRGALIKDA: Qadrim baland tutay, jon ona tilim
3-o’quvchi:
1990-yil 20- iyun O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu mustaqillik uchun tashlangan qadamlardan yana biri bo’ldi.
O’zbekiston- ozod , hur Vatan!
Quchoqlari to’la nur Vatan!
Istiqloling abadiy bo’lsin.
BIRGALIKDA:Dunyolar turguncha tur Vatan
4-o’quvchi:
1991-yil 31-avgust “O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Ona Vatanimiz, bag’rikeng xalqimizni asriy orzu-umidlari ushaldi.
5-o’quvchi:
Mustaqillik kuni muborak bo’lsin.
Toabad istiqlol oftobi kulsin.
Mustaqillik berdi bizga saodat,
Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.
6-o’quvchi:
1991-yil 18-noyabr O’zbekistonRespublikasi Davlat bayro’g’i qabul qilindi.
Mustaqillik berdi bizga saodat,
Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.
7-o’quvchi:
Har qanday lashkarning ham o’z tug’i , yalovi bor
Sen qaysi saltanatdan , sen qaysi davlatdan kam
Qo’rg’onlar qatorida, bir qo’rg’onsan ustuvor,
Vallamat tug’dor yurtim, muhtasham Respublikam.
8-o’quvchi:
1992-yil 2-mart O’zbekiston Respublikasi BMT a’zoligiga qabul qilindi.Dunyo xaritasida O’zbekiston degan mustaqil , hur, mustaqil davlat tashkil topdi.
9-o’quvchi:
Sen ham endi tenglar ichida tengsan,
Bag’ri butun yurtsan va bag’ri kengsan.
Sendek xalqimning ham bag’ri butundir,
Millatlar uyida barcha qatori
Uning xos o’rni bor- qatorda nori
Do'stlaringiz bilan baham: |