8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir Senariysi 1-boshlovchi
Download 108.5 Kb.
|
8 dekabr senariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-o’quvchi: 5-modda
- 6-o’quvchi: 6-modda
- 7-o’quvchi: 7-modda
- 8-o’quvchi
4-o’quvchi: 4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Shu tilda Temur bobo Lashkarga buyruq bergan . Navoiy tuzgan navo, Bobur gavharlar tergan “Til- xalqning shavkat- shoni”, Bu bobolar kalomi Ona tilim unvoni Davlat tili maqomi 5-o’quvchi: 5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. Olam ahli bilan qilib barobar, Ayladi qadrdon, do’st-u birodar. Chiqardi millatlar uyin to’riga, Umr qo’shdi O’zbekiston umriga. Mulki jahon bayroqlari qatori, Shula sochdi bayrog’imiz sharori. Olam aro madhiyamiz yangradi, Eshitganki, kishi joni yayradi. Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu, O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu! 6-o’quvchi: 6-modda: O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri. Ey ko’hna diyorim, ona Toshkentim, Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim! Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim, Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim 7-o’quvchi: 7-modda: Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir. Adolatning qo’yib tamal toshini, Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini. U tinim bilmasdan ishladi shoyon. Konstitutsiyaga fido qildi jon. Birnchi o’ringa qo’yib insonni, Inson sharafiga baxsh etdi jonni. Qonunlar insonga qilmasa xizmat, Qonunlar insonni etmasa izzat. Qonun emas, dedi undayin qonun, Qonunda Insondir zori Humoyun. Davlatning sharafi, shoni insondir, Tanasi, yuragi, joni insondir. 8-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash , olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitsiyaviy tizimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin Fikrlash, so’z, e’tiqod Erkinligi bor bizda. Tafakkur , erkin ijod Jo’sh urar qonimizda. “Avval o’yla”, deganlar Fikrlaymiz o’ylaymiz. So’zga navbat kelganda Odob bilan so’zlaymiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling