8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir Senariysi 1-boshlovchi


Download 108.5 Kb.
bet2/11
Sana22.01.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1109491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8 dekabr senariy

2-boshlovchi:
Rahmat ustoz .Bayram sizga ham muborak bo’lsin.Hamisha shogirdlaringiz baxtiga sog’-salomat bo’ling
1-boshlovchi:

Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan
Qoyil qolsin ro’yi zamin
Odillikdan adolatdan.

2-boshlovchi:

Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Odillikdan, adolatdan
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.



Birgalikda: Zavol ko’rmas iqbolim bor!
1- boshlovchi:Mustaqillik Ona-Vatanimizga o’ziga xos chiroy, yangilanish baxsh etdi.Dunyo mamlakatlari orasida jannatmakon yurt nomiga ega bo’ldi.
2 -boshlovchi:Ana shunday unutilmas tarixiy voqealardan biri 1992-yil 8-dekabrda XII- chaqiriq , O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI-sessiyasida mustaqil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishidir. Bu tarixiy sana o’zbek davlatchiligi tarixiga zarhal harflar bilan yozib qo’yildi.
1-boshlovchi:
Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
2-boshlovchi:
Qonunlari odil elim, xalqim yashar baxtiyor
Rahmat senga aziz Vatan,qadr topgan hur diyor
Sakkizinchi dekabr, dildan o’chmas bir umr
Konstitutsiyam misli yulduz, hayotga baxsh etdi nur.
1-boshlovchi.
Hurmatli va aziz davramiz ishtirokchilari , aziz ustozlar. Endigi navbatni maktabimizning
7-”B” sinf o’quvchilari ishtirokida Ona Vatanimizni, Mustaqillikni va Konstitutsiyamizni madh etuvchi ”Baxt qomusimisimiz” nomli ”Sheriy guldasta”ga beramiz.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling