8– laboratoriya ishi Mavzu: Nitrifikatsiya jarayoni. Denitrifikatsiya jarayoni Darsning maqsadi


Download 35.23 Kb.
bet6/6
Sana12.03.2023
Hajmi35.23 Kb.
#1263495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
25-20

Oziqa muhitlarini sterillash. Oziqa muhiti quyilgan probirkalarning og‘zi probka bilan maxkam berkitiladi va ustidan selofan bilan yopiladi hamda 1200 S haroratda 1,5 atmosfera bosim ostida 20 daqiqa davomida sterillanadi.
Sovuq sterillash. YUqori haroratga chidamsiz bo‘lgan organik suyuqliklarni bakteriyalardan xalos qilish ularni teshikchalarning diametri 0,45 mkm bo‘lgan bakterial filtrlardan o‘tkaziladi.
Ishning borishi. Steril o‘simta va kallus to‘qmalarini olish bo‘yicha qilinadigan ishlarni amalga oshirish uchun asbob-uskuna, idish va oziqa muhitlarni sterillash zarur.
1. Petri likobchalari (2 dona), 300-500 ml li kimyoviy stakanlar (2 dona), qalin qog‘ozga o‘ralib, quritish shkafida 1600 S haroratda 2 soat davomida sterillanadi.
2. Skalpel va pinsetlarni qalin qog‘ozga o‘rab yuqoridagi sharoitda quritish shkafida sterillanadi.
3. Qog‘ozdan qilingan matraschalar va distillangan suv solingan kolba avtoklavda sterillanadi. Buning uchun matraschalar qalin qog‘ozga va sirtidan selofanga o‘raladi. Kolbani esa og‘zi probka bilan berkitilib, ustidan qog‘oz va selofan bilan o‘raladi. Bular 2 atmosfera bosimda 30 daqiqa davomida avtoklavda sterillanadi.
4. Og‘zi probka bilan berkitilgan oziqa muhit solingan probirkalar 1 atmosfera bosimda 20 daqiqa davomida avtoklavda sterillanadi.
Download 35.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling