8– laboratoriya ishi Mavzu: Nitrifikatsiya jarayoni. Denitrifikatsiya jarayoni Darsning maqsadi
Download 35.23 Kb.
|
25-20
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materillarni sterillash.
Asbob uskunalarni sterillash. Uskunalarni (skalpel-larni, pinsetlarni, ignalarni va boshqalarni) oldindan sterillash 1400 S haroratda quritish shkaflarida 2 soat davomida quruq par yordamida amalga oshiriladishpritslar va qaychilarni qaynatish qulay. Metal uskunalarni avtoklavda sterillash tavsiya etilmaydi, chunki ular zanglashi va o‘tmaslanib qolishi mumkin. Ish boshlanishidan oldin uskunalarni (skalpellarni, pinset-larni, ignalarni) laminarda chinni idishdagi 96% spirtga botirib spirt lampasi alangasida yana bir bor sterillanadi. So‘ngra uskunalar oldindan sterillanib qo‘yilgan qog‘oz varaqlari orasiga joylashtirilib qo‘yiladi. Bu steril uskunalar bir marta ishlatilishi lozim. Ikkinchi bor ishlatiladigan bo‘lsa, u holda uskunalarni yana spirt yordamida kuydiriladi. Juda ingichka uskunalar (igna, lezviylar) kuydirilganda o‘z xususiyati-ni yo‘qotganligi sababli ular faqat spirtga solish yo‘li bilan sterillanadi.
Materillarni sterillash. Paxta, doka, paxtadan yasalgan probkalar, filtr qog‘ozlar, xalatlar, rumollar, avtoklavda 2 atmosfera bosim ostida 25-30 daqiqa davomida sterillanadi. O‘simlik materiallarini sterillash. Urug‘larni, o‘simlik-ni turli a’zolaridan olingan uchki meristema va o‘simlik to‘qmalarini sterillash uchun quyidagi eritmalar ishlatiladi: 0,1% li sulema, 0,1% li diatsid, 13-20% li perigidrol, 3-6 li xloramin, 10% li natriy yoki kalsiy gipoxlorid ishlatiladi. Diatsidni tayyorlash uchun 300 ml issiq suvda 330 mg etanolmerkur xlorid va 660 mg setilpiridin xloridni har birini alohida eritib olinadi hamda ularni qo‘shib suyuqlik hajmi 1l ga etkaziladi, so‘ngra bir necha tomchi detergent sifatida tvin-80 qo‘shilib, mahkam yopilgan kolbada qorong‘i joyda saqlanadi. O‘simlik to‘qimasi sterillashdan oldin tozalanadi. Ildiz-mevalar, tuganaklar, o‘simlikning seret poyalari oqib turgan iliq suvda щetka yordamida sovunlab yaxshilab yuviladi. Ildiz va ildizmevalarning po‘sti archiladi. Barglarning po‘sti distillan-gan suv bilan yuvilib, bir necha sekundga (urug‘lar 1-2 daqiqaga) 70% li spirtga botirib olinadi. To‘qimalarga spirt bilan ishlov berish sterillashni samarasini oshiradi. So‘ngra o‘simlik ob’ekti ko‘p marta steril suv bilan yuvib tashlanadi. Pergidrolni fasol, lyupin, kungaboqar (po‘sti olingan) ni sterillash uchun, sulemani esa pomidor, qovoq va boshqalar uchun tavsiya etiladi. 10 Sulemada urug‘lar 10-15 daqiqa, pergidrolda 30 daqiqa ushlab turilishi kerak. Meristema va to‘qma bo‘laklarini sterillash uchun esa ikki barobar kam vaqt talab etiladi. Tukli g‘o‘za chigitini sulfat kislotasiga 5 daqiqa botirib turishi kerak. Perigidrol bilan ishlov berilganda urug‘larni yuvish osonroq. Sulema va diatsid bilan sterillangan urug‘lar 5-6 marta steril suv bilan yuvib tashlanadi. Pomidor, olma, qovoq, dukaklilar va tamaki urug‘lari etli, yog‘ochli va qattiq po‘st bilan qoplanganligi sababli ular sovunli suv va bir necha marta spirt bilan yaxshilab yuvib tashlanadi. Distillangan steril suv bilan bir necha bor chayiladi va steril sharoitda mevalar qirqiladi. Steril pinset bilan urug‘lar steril Petri likobchalariga undirish uchun joylashtiriladi. Download 35.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling