8– laboratoriya ishi Mavzu: Nitrifikatsiya jarayoni. Denitrifikatsiya jarayoni Darsning maqsadi


Download 35.23 Kb.
bet3/6
Sana12.03.2023
Hajmi35.23 Kb.
#1263495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
25-20

Savollar:

  1. Azotni tirik organizmlar uchun ahamiyati nimada?

  2. Tabiatda azot aylanishida qanday moddalar hosil bo‘ladi?

  3. Ammonifikatsiya nima va uning ahamiyati nimalardan iborat?

  4. Nitrifikatsiya qanday jarayon u qanday fazalarda sodir bo‘ladi?

  5. Azot immobilizatsiyasi deganda nimani tushunasiz?

  6. Assimilyasiyali va dissimilyasiyali dentirifikatsiya farqi qanday bo‘ladi?

  7. Molekulyar azotni o‘zlashtiriruvchi erkin yashovchi mikroorganizmlardan qaysi birlarini bilasiz?

  8. Simbioz azotofiksatorlar qaerda uchraydilar, ahamiyati nimada?



2 - laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: Sterillash usullari
Darsning maqsadi: talabalarni sterillash usullari bilan tanishtirish. Talabalarda sterillash ko‘nikmasini shakllantirish.


Asbob-uskunalar va materiallar. Petri likopchalari (3 dona, bittasi filtr qog‘ozi), 300-500 ml kimyoviy stakanlar (2 dona), 1 l distillangan suv solingan kolba, Murasige-Skuga oziqa solingan, gormon qo‘shilmagan va gormon qo‘shilgan (2,4-D-2, kinetin-0,2 mg/l), oziqa muhitlari, pensitlar, skalpellar (2 dona), kraft qog‘oz, selofan, yo‘g‘on ip, qaychi va filtr qog‘oz.
Mavzuni tushuntirish. Ajratib olingan to‘qimalar bilan ishlashni asosiy sharti – sterillikga qat’iy rioya qilishdir. Tarkibi boy bo‘lgan oziqa muhiti mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun ham juda yaxshi substrat hisoblanadi, o‘simliklardan ajratib olingan fragmentlar (eksplantlar) oziqa muhiti bilan aralashtirilganda mikroorganizmlar ta’siriga tez uchraydilar. SHuning uchun ham eksplantni ham, oziqa muhitini ham sterillash kerak.
Ajratilgan hujayralar va to‘qimalar bilan qilinadigan barcha nozik ishlar (manipulyasiya) aseptik sharoitda (laminar-bokslarda) sterillangan uskunalar yordamida bajariladi. Ajratilgan to‘qimalarni o‘stirish davrida ham sterillikni saqlash kerak, ayniqsa harorat va namlik o‘zgarganda, chunki probirkalarni paxta-bintdan tayyorlangan tiqinchalari nam-lanadi va undan mikroorganizmlar oson o‘tadi. Eksplantni sterillanishi, shuningdek urug‘lar 5-20 daqiqa davomida sterillovchi eritmada ushlab turib, keyin esa steril suv bilan yuvib tashlash orqali amalga oshiriladi. Sterillanish davri eksplantni harakteriga hamda eritmani sterilizatsiya qilish xususiyatiga bog‘liq. Odatda urug‘ 10-20 daqiqa, vegetativ qismlar esa 5-10 daqiqa davomida sterillanadi. Eksplant olinmoqchi bo‘lgan o‘simlik organi, dastlab sovunli suv bilan shetkalar yordamida yaxshilab yuviladi va distillangan suv bilan chayib tashlanadi, keyin esa bir necha sekund davomida 70 % li etanolga botirib olinadi. Urug‘lar spirtda 1-2 daqiqa ushlab turiladi. To‘qimalarga spirt bilan ishlov berish, uni sterillash xossasidan tashqari, asosiy sterillovchi eritmani ta’sirini kuchaytirishi bilan ham bog‘liq. Sterillashdan keyin o‘simlik ob’ektlari sterillangan suv bilan tozalab yuvib tashlanishi kerak. Sirtqi sterillash eksplantni faqat tashqi infeksiyadan ozod qiladi. Agar eksplant to‘qimalari ichki infeksiyaga ega bo‘lsalar, ularga antibiotiklar bilan ishlov berishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, ichki infeksiyaga yirik tomirli tropik va subtropik o‘simliklar boy bo‘lishadi. Kulturalarni zamburug‘lar yoki bakteriyalar bilan ifloslanishi ekilgandan 1-14 kun o‘tganda ko‘zga tashlanadi. YOrug‘lik xonasidagi havoni ifloslanishdan saqlash uchun ifloslangan kulturani darhol yo‘qotish kerak.



Download 35.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling