8-laboratoriya ishi termometrlarni aniqlik sinfini qiyoslash ishdan maqsad


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana28.10.2021
Hajmi0.53 Mb.
#169317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-лаборатория иши

Haroratni o‘lchash usullari  

Qandaydir bir  jismning  harorat qiymatini aniqlash uchun harorat etalonini tanlash kerak, 

ya’ni    muvozanatdagi  va  etarli  darajada  oson  tiklanuvchi  ma’lum  bir  sharoitlarda,  aniq  bir 

qiymatdagi  haroratga    ega  bo‘lgan    jism.    Haroratni  ushbu  qiymatlari  haroratni  o‘ziga  xos 

shkalasida  reper  nuqta  bo‘lib  hisoblanadi.    Haroratni  shkalasi  -  u  yoki  bu  jismning  haroratini 

miqdoriy  aniqlashga  imkon  beruvchi,  harorat  qiymatlarini  tartiblashtirilgan  ketma-ketligidir.  

Haroratni  shkalasi  bilvosita  o‘lchash  usuli  orqali    haroratga  bog‘liq  biron-bir  fizik  parametrni  

to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan jismni haroratini aniqlashga imkon beradi.   

Ko‘pgina  hollarda,    harorat  shkalasini  olishda    suvni  xususiyatlaridan  foydalaniladi. 

Me’yordagi  atmosfera  bosimida  muzni  erish  va  suvni  qaynash  nuqtasi  zamonaviy  harorat 

shkalalarida,  reper nuqtalar sifatida tanlanadi  va bu haroratni o‘lchash usullari  Anders Selsiy 

(1701 - 1744), Rene Antuan Fersho Reomyur (1683 - 1757),  Daniel Gabriel Farengeytlar (1686 - 

1736)  tomonidan  taklif  etilgan.  Farengeyt  tomonidan  hozirgi  vaqtda  ham  keng  miqyosda 

qo‘llaniladigan  spirtli va simobli termometrlar yaratilgan. Reomyur va Farengeytlarning harorat 

shkalalaridan hozirgi vaqtda AQSH, Buyuk Britniya va boshqa mamlakatlarda qo‘llaniladi.   

1742 yilda kiritilgan,  normal atmosfera bosimida (1 atm yoki  101 325 Pa) suvni muzlash  

va suvni qaynash nuqtalari  haroratlari oralig‘ini yuzta teng qismga ajratishni taklif qilgan  Selsiyni 

harorat shkalasidan bugunga kelib ham keng miqyosda foydalanilmoqda. Selsiy shkalasidagi bir 

daraja bir kelvinga teng kabi hisoblanadi (quyiga qarang). Bunda muzni erish harorati  0

o

C ga teng 



deb olinadi suvni qaynash harorati esa taxminan  99,975

o

C ga teng bo‘ladi. Bunda vujudga kelgan 



xatoliklar,  qoidaga  ko‘ra,  muxim  axamiyat  kasb  etmaydi,  chunki  foydalaniladigan  ko‘pchilik 

spirtli, simobli va elektron termometrlar etarlicha aniqliklarga ega emas (har qalay, odatda bunga 

extiyoj  ham  bo‘lmaydi).  Bu  esa  ko‘rsatilgan,  uncha  katta  bo‘lmagan  tuzatishlarni  inobatga 

olmaslikka imkon beradi. 

Xalqaro  birliklar  sistemasini  kiritilishi  bilan  (SI)    ikkita    harorat  shkalalarini  qo‘llash   

tavsiya.  Birinchi  shkala  –  termodinamik  bo‘lib,    foydalanilayotgan  maxsul  (ishchi  jism) 

xossalariga bog‘liq emas  va Karno sikli vositasida kiritiladi. Ushbu harorat shkalasida  haroratni 

o‘lchash birligi bo‘lib kelvin (1K) xizmat qiladi, u SI 

 sistemasidagi  etti  asosiy  birlikning  



biri  bo‘lib sanaladi. Bu birlik  ushbu shkalani ishlab chiqqan va haroratni o‘lchash birligi kattaligi  

Selsiyni xarorat shkalasi kabi saqlab qolgan ingliz fizigi  Uilyam Tomson (lord Kelvin) (1824  - 

1907) sharafiga qo‘yilgan.  Ikkinchi tavsiya qilingan shkala- xalqaro amaliyotdagi  shkala bo‘lib 

– bir qator sof maxsullarni fazaga oid o‘tishlarida 11ta reper nuqtadagi  haroratga ega, bunda ushbu 

nuqtalarning  harorat    qiymatlari  hamisha  aniqlanib  turadi.  Xalqaro  amaliyotdagi  shkalada 

haroratni o‘lchash birligi bo‘lib 1 K xizmat qiladi. 

Hozirgi  paytda  haroratga  xos  bo‘lgan,    ham  termodinamik  shkalani  va  ham  halqaro 

amaliyotdagi shkalani asosiy reperi bo‘lib, suvni uchyoqlama nuqtasi hisoblanadi. Bu nuqta bir 

vaqtni o‘zida qattiq, suyuq va gazsimon holatda amal qiluvchi harorat va bosim qiymatlariga qat’iy 

muvofiq keladi.  Bunda, agar termodinamik tizimni holati  faqatgina  harorat va bosim  qiymatlari 

bilan  aniqlansa,  unda  uch  yoqlama  nuqta  bitta  bo‘ladi.      SI  sistemasida  suvning  uchyoqlama  

harorati  bosim 609 Pa bo‘lganda 273,16 K ga teng kabi olingan. 

Haroratni etalon yordamida aniqlanadigan reper nuqtalarni berilishidan tashqari,  jismning 

belgilari haroratni o‘zgarishlarini bildiradigan   yoki termometrik belgilarni o‘zgarishlarini fizik 

kattaliklarini bayon etuvchi,  termodinamik xossalarini  tanlash  kerak.   Bu xossalar  oson barpo 

qilinuvchi, fizik kattaliklari esa –oson o‘lchanuvchi bo‘lishi kerak. Ushbu fizik kattalikni o‘lchash 

-  reper nuqtalariga nisbatan oraliqdagi  harorat  nuqtalarining termasini ( va ularga xos bo‘lgan 

harorat qiymatini) olishga imkon beradi. 

Termometrik belgilarini o‘lchash  yordamida   haroratning o‘lchashni amalga oshiriladigan 

jism termometrik jism deb ataladi.  

Ishlash prinsipiga qarab, barcha   termometrlar va ular yordamida o‘lchash usullari quyidagi  

guruxlarga ajratiladi: 

1.  Haroratni  o‘zgarishlarida    suyuqliklar  yoki  qattiq  jismlarning  hajmlarini  o‘zgarishiga 

asoslangan va -260 dan +700°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - kengayish 

termometrlari (1.1-rasm.). 

2. Harorat o‘zgarishidan shakllangan  yopiq hajmdagi suyuqlik, bug‘ yoki gazni bosimiga 

bog‘liq holda haroratni o‘lchash va -200 dan  +600°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega 

bo‘lgan - manometrik termometrlar.   

3. O‘tkazgichlar va yarim o‘tkazgichlarning elektr qarshiligini yoki solishtirma qarshiligini 

o‘zgarishi asosida haroratni o‘lchash va  -270 dan +750°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga 

ega bo‘lgan - qarshilik termometrlari.  

4. Harorat ta’sirida o‘zgargan  elektr yurituvchi kuchning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan 

va  -50  dan  +1800°S  gacha  temperatura  o‘lchash  diapazoniga  ega  bo‘lgan  -  termoelektrik 

termometrlar; 

 5.    Qizdirilgan  jismdan  ajralib  chiquvchi  nurlanish  energiyasi  (ob’ektning  ravshanligini, 

energiyasini  va  quvvatini  o‘zgarishi  asosida  )  jadalliklarining  qiymati  bo‘yicha    haroratni 

o‘lchashga asoslangan va 500 dan 100000 °S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan 

- nurlanish  pirometrlari.  

-272  dan  +1000  °S  gacha  bo‘lgan,  elektrofizik  xodisalarga  asoslangan  termometrlar  

(termoshovqinli,  termoelektrik  uzatgichli,  hajmiy    rezonansli    termouzatirgichlar,  yadroviy 

rezonansli).

 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling