8-laboratoriya ishi termometrlarni aniqlik sinfini qiyoslash ishdan maqsad


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana28.10.2021
Hajmi0.53 Mb.
#169317
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8-лаборатория иши

1. Qiyoslashni o‘tkazish 

Tashqi ko‘rik. Termometrni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagilar tekshiriladi:  

-  foydalanish  bo‘yicha  yo‘riqnomaga  muvofiq  butlanganligi,  mexanik  shikastlanishlarni 

bo‘lmasligi;  

- foydalanish xususiyatlarini yomonlashtiruvchilarni yo‘qligi;  




- markalanishini va yig‘ilishlarini to‘g‘riligi.   

Belgilab qo‘yilgan talablarni qoniqtirmaydigan termometrlar yaroqsiz deb hisoblanadi va uni 

keyingi qiyoslash operatsiyalari o‘tkazilmaydi.  

2. Namunalash 

Termometr  ko‘rsatkichi    xona  haroratida  ixtiyoriy  vaziyatda  o‘rnatiladi    va  bevosita 

termometrni  butlovchilari  majmuasiga  kiradigan    biron-bir    kabel-biriktiruvchi  orqali  elektron 

blokga ulanadi. Ikki minut o‘tgach termometrni ishlash qobiliyati tekshiriladi. Keyin termometr  

issiq suvli idishga solinadi va ikki minut o‘tgach yana termometrni ishlash qobiliyati tekshiriladi. 

Termometrni  butlovchilari majmuasiga kiradigan  bog‘lovchi kabel bilan termometr kompyuterga 

ulanadi.  Termometrni    butlovchilari  majmuasiga  kiruvchi    «ThermoChart»  dasturi  yordamida  , 

avvalgi  qiyoslashda  o‘rnatilgan  termometrni  induvidual    darajalashtirish  koeffitsenti  hisoblab 

chiqiladi,  va  ularni    qiyoslash  guvonomasida  ko‘rsatilgan  bilan    solishtiriladi  («ThermoChart» 

dasturi bilan ishlash tartiblari Davlat standartlarida ilova qilinadi).  

Asbob keyingi qiyoslashlarga yaroqli deb topiladi, qachonki:   

−  datchik  joylashgan    muxitda  termometr  harorat  o‘zgarishlariga  sezuvchan  bo‘lsa  va 

raqamli  indekslashtirish  tavsiflari    foydalanish  bo‘yicha  qo‘llanmada  ko‘rsatilganga  muvofiq 

bo‘lsa;   

−  termometrning  individual    darajalashtirish  koeffitsientlari  uni  qiyoslash  haqidagi 

guvohnomasida ko‘rsatilganlarga muvofiq kelsa.  

Agar  termometrni  individual    darajalashtirish  koeffitsientlari    uni  qiyoslash  haqidagi 

guvohnomasida ko‘rsatilgan qiymatlaridan farqlansa, unda qiyoslash to‘xtatiladi va  termometr 

yaroqsiz deb topiladi. Keyingi qiyoslash, uslubiyat bo‘yicha muttaxassislar ishtirokida, individual  

darajalashtirish koeffitsientlariga yangi qiymatlar kiritilgandan keyin  amalga oshirilishi mumkin.     

 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling