8-laboratoriya ishi termometrlarni aniqlik sinfini qiyoslash ishdan maqsad
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
8-лаборатория иши
Laboratoriya qurilmasini bayoni Termometrlarni qiyoslash uchun Davlat standarti uslubiyati bo‘yicha turli xildagi termometrlarni qiyoslash uchun foydalaniladigan, maxsus qurilmani yig‘ish kerak. 1.9-rasmda termometrlarni qiyoslash uchun laboratoriya qurilmani umumiy ko‘rinishi keltirilgan. 1.10- rasmda esa laboratoriya qurilmasini prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
1.9-rasm. Termometrni qiyoslash uchun laboratoriya ishini umumiy ko‘rinishi.
1.10-rasm. Laboratoriya qurilmasini prinsipial sxemasi.
Termometrlarni qiyoslash uchun laboratoriya qurilma bir vaqtni o‘zida ikki turlicha bo‘lgan termometrlarni qiyoslashga mo‘ljallangan (1.10-rasm). Namunaviy termometr sifatida aniqlik sinfi 0,01 bo‘lgan simobli termometr olinadi. Barcha uchta termometrlar bitta kameraga bir xil satxlarda o‘rnatilgan. Qiyoslanadigan termometr sifatida elektron termoelektrik termometr va spirtli termometr qo‘llaniladi. Elektron termometr maksimal darajada to 300 o S gacha o‘lchaydi, simobli termometr 90 o S gacha va spirtli termometr 70 o S gacha o‘lchaydi. Termostatni qizdiriluvchi kamerasiga 12 volt qiymatdagi kuchlanish beriladi. Termometrlarni qiyoslash Davlat standartlari uslubiyati bo‘yicha, termometrlar qiymatini oshib borish va kamayib borish qiymatlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Qurilma kompyuterga ulangan. Ma’lumotlarni qayd etuvchiga kiritgandan so‘ng, qayd etuvchining tugmasini bosish kerak va bu bilan ma’lumotlar avtomatik ravishda kompyuterga uzatiladi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling