№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: “Ona tilim - joni dilim”


Download 1.29 Mb.
bet6/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

6-Mavzu: “Ona tilim - joni dilim”.
(21 – oktabr O‘zbek tili davlat tili maqomini olgan kunga bag‘ishlanadi.)
Deyarli barcha maxluqotda til bor. U issiq -sovuqni, ta’m-mazani biluvchi, ovqatlanishda ishtirok etuvchi a’zo. Odamda esa bulardan tashqari nutq tovushlarini hosil qiladi, ya’ni insonning so‘zlash qobiliyati til orqali amalga oshadi. Yer yuzida qancha millat, xalq, elat, qabila bo‘lsa, shuncha til bor. Tilsiz xalq yo‘q. Xalqsiz esa til ham bo‘lmaydi. Bular egizak tushunchalardir, biridan birini ayirib bo‘lmaydi, ularni ayirib qo‘yilsa, ikkisi ham o‘zligini yo‘qotadi.4
Davlat tili belgilanishi haqida gapiradigan bo‘lsak, davlat tili odatda uch yo‘l bilan belgilanadi:
a) tarixiy an’ana asosida ushbu davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillardan birini umum til deb tan oladilar; bunday til ko‘pincha, shu davlatdagi eng yirik yoki hukmron millatning tili bo‘ladi;
b) hukumat, prezident, parlament yoki rahbar organlar tomonidan davlatning rasmiy tili deb e’lon qilingan xalqaro yoki jahon tillaridan biri; davlat organlarida, hukumat idoralarida va rasmiy tashkilotlarda, ko‘rsatmaga binoan, yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki jo‘natiladi, barcha uchrashuv, muhokama, muboxasa, majlis va shu kabilar ana shu rasmiy tilda o‘tkaziladi;
v) davlatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan yoki mamlakat prezidenti tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida qo‘llanilishi kerak deb e’lon qilingan til.
Shvetsiya, Norvegiya, Angliya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSh kabi ko‘pchilik mamlakatlarda hech qaysi til davlat tili deb e’lon qilinmagan. Lekin qadimdan ularda mamlakat aholisini ko‘pchiligini tashkil qiluvchilarning tili davlat tili, rasmiy til deb tan olinadi. Ikkinchi guruhga («B» guruhga) kiruvchi davlatlar asosan o‘tmishdagi mustamlakalardir (masalan, Gvineya, Gana, Kongo kabilar). Chunki ularning har birida o‘nlab qabilalar mavjud bo‘lib, birinchidan, qabilalardan birining tilini davlat tiliga aylantirish ichki tortishuv va o‘zaro g‘arazga sababchi bo‘lishi mumkin, ikkinchidan esa, qabila tillari hozirgi zamon talablariga lug‘at va terminologik jihatidan javob bermaydilar. Bu davlatlar davlat tili sifatida sobiq mustamlakachilarining tilini, masalan, ingliz yoki fransuz tilini qabul qilganlar.5
Til asrlar davomida shakllanadi, rivojlanadi, sayqallanadi. Har bir millatni avvalo uning tili orqali so‘ng milliy libosi, urf-odatiga qarab farqlashimiz mumkin. Rus yozuvchisi A. N. Tolstoy: Til millionlarcha avlodlar tomonidan yaratilgan tirik jondir deb tilga haqli ta’rif bergan.
Har bir millat yoki elatning milliy tili ularning fikr almashish va muloqot vositasi, muhim rivojlanish omili. Milliy til millat yoki elatning tarixan tashkil topish jarayonida shakllanadi. Milliy til millat yoki elat bilan birgalikda o‘sib, o‘zgarib boradi va ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, yangi avlodlarga bir necha asr avvalgi milliy til tushunarli bo‘lmay qoladi. Ana shu boisdan har bir milliy tillarda eng qadimiy, va yangi zamon shakllari mavjud. Milliy til, vaziyatga ko‘ra, millatlararo til, hatto jahon tili yoki xalqaro til vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan, o‘zbek tili O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi turkiyzabon fuqarolar uchun millatlararo til bo‘lib xizmat qilmoqda.6
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga kiradi va so‘zlashuvchilar soni jihatdan turk tili va ozorbayjon tilidan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi. O‘zbek tili eng qadimiy turkiy yozma tillardan biridir. Hozircha o‘rganilgan manbalarga ko‘ra, u deyarli bir yarim ming yillik tarixga ega.7
Hozirgi zamon o‘zbek tili asosan uch ko‘rinishga ega bo‘lib, birinchidan, shevalardan, ikkinchidan, umummilliy adabiy tildan va, uchinchidan, ularning qorishmasi bo‘lmish kundalik jonli muloqot tilidan tashkil topgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, XX asrning 30 - yillarigacha o‘zbek tili yangi zamon o‘zbek millatining tili sifatida shakllandi, o‘z taraqqiyot yo‘llarini aniqlab, rivojlana boshladi.
Afsuski, SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP (b) MKning 1938 – yil 13 – fevraldagi «Rus tilini milliy respublikalarda majburan o‘qitish to‘g‘risida» qarori chiqqandan so‘ng sobiq sho‘ro mamlakatida keng miqyosda ruslashtirish siyosati amalga oshirildi, o‘zbek tili hayotning asosiy sohalaridan asta – sekin siqib chiqarila boshlandi.8
Sovet ittifoqi davrida o‘zbek tiliga nisbatan hurmatsizlik bilan qaralib, u «xonadon tili» darajasiga tushib qolgan edi. Sovet kishisini tarbiyalashda o‘zbek tili milliy urf-odatlar bilan birgalikda eskilik omili deb chetga surildi.
Rus yozuvchisi A. N. Tolstoyning til to‘g‘risidagi yana bir hikmati yodimga tushdi:

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling