№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


Download 1.29 Mb.
bet8/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

Shахsiy gigiеnа
Shахsiy vа jаmоаtchilik gigiеnа qоidаlаrigа riоya qilmаslik nаtijаsidа hаr хil yuqumli kаsаlliklаrgа duchоr bo’lish mumkin.
Shахsiy gigiеnа qоidаlаri dеgаndа hаr bir shахs tоmоnidаn bаdаnning vа аlоhidа tаnа а’zоlаrining оzоdаligini muttаsil rаvishdа tа’minlаsh bilаn bоg’lаngаn gigiеnik muоlаjаlаr mаjmuаsi tushunilаdi.
- Qo’l tоzаligi;
- Оg’iz bo’shlig’i gigiеnаsi;
- Sоch gigiеnаsi;
- Tеri gigiеnаsi.
Qo’l tоzаligi
Qo’llаr quyidаgi hоlаtlаrdа tоzа qilib sоvunlаb yuvilishi lоzim:

  • hоjаtхоnаdаn chiqqаndаn so’ng;

  • оvqаt pishirish оldidаn;

  • hаyvоnlаrgа qаrаlgаndаn so’ng;

  • ko’chаdаn uygа qаytgаndаn kеyin;

  • оvqаtlаnishdаn оldin;

  • hаr qаndаy yumushni bаjаrgаndаn so’ng;

  • tirnоqlаringizni hаr dоim kаltа qilib оlib yuring;

  • yuqоridа kеltirilgаn qo’l yuvish qоidаlаrini do’stlаringizgа hаm o’rgаting.

Оg’iz bo’shlig’i gigiеnаsi
Tishni tоzа tutish, uni dоimо turli хil pаstа, pоrоshоklаr bilаn tish cho’tkаsi yordаmidа 2 mаrtа yuvib turish, ya’ni ertаlаbki nоnushtаdаn vа kеchqurungi оvqаtlаnishdаn so’ng, bu хildаgi pаrvаrish tish tоmirlаri vа milklаrni mustаhkаmlаshning muhim vоsitаsidir.
Hаr bir оvqаtlаnishdаn so’ng tishlаringizni suv bilаn chаyqаb tish оrаlаridа qоlgаn оvqаt qоldiqlаrini аlbаttа yo’qоting. Аgаr shundаy qilmаsаngiz, оvqаt qоldiqlаri chirib, оg’zingizdаn bаdbo’y hid kеlа bоshlаydi. Аgаr siz milk vа tаnglаyingizni tоzаligigа jiddiy e’tibоr bеrmаsаngiz, turli хil tish, milk kаsаlliklаrigа uchrаysiz!
8-Mavzu: “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot» - faoliyatimizning bosh maqsadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ozod va suveren davlatning huquqiy asoslarini yaratish bilan birga jamiyatimizning huquqiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining bugungi bosh strategik maqsadi – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Shu munosabat bilan bir qator sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Boshqaruv sohasida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu boradagi islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridir. Konstitutsiyamizga muvofiq, O‘zbekiston demokratik davlatdir. Davlatning demokratikligini ta’minlash uchun avvalo, davlat hokimiyatining mafkuraviy va siyosiy hurfikrlikka asoslanib qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi amalga oshirilgan. Konstitutsiyaning 7 – moddasiga ko‘ra, davlat hokimiyatining birdan bir manbai xalqdir. Bu O‘zbekiston davlatining xalqchilligini huquqiy isbotidir. Xuddi shuningdek, xalq hokimiyatchiligi hukmronligi 2 – moddada «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» singari normalar bilan o‘z aksini topgan. Xalq manfaati ustuvorligi davlatimizning asosiy vazifasidir.
Xuddi shuningdek, Konstitutsiyamizning 9 – moddasiga ko‘ra, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek xalq hokimiyatning birdan bir manbaidir
2010 – yil 12 – noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida taklif qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirish borasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o‘zgartirish kiritish bilan davlat boshqaruv sohasini yanada demokratlashtirishga erishildi. Masalan, Konstitutsiyamizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlariga bag‘ishlangan 93 – moddasining 8 – bandidagi ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; jumlasi olib tashlanadi. Ya’ni bu bilan Prezident ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga ta’luqli ishlardan holi etilib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi qoidasini mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96 – moddasi quyidagicha yangi tahrir etildi: “Mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi”.
Konstitutsiyamizning 98 – moddasiga esa quyidagicha yangi qoidalar kiritildi: “O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonuchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Yangi bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatlariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Oliy Majlis tomonidan bosh vazir lovozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bosh vazir lavozimini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.”
Boshqaruv sohasidagi bu kabi demokratik islohatlarning amalga oshirilishi albatta shu muqaddas zaminda yashovchi mehnatkash fuqarolarimizning baxtli hayot kechirishlari uchun xizmat qiladi.
Tarixga nazar tashlasak, siyosiy jihatdan ozod va erkin bo‘lgan davrlarda yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti gullab yashnaganini, aksincha, mustamlakachilik sharoitlarida u chuqur inqirozlarni boshidan kechirganini ko‘ramiz.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling