№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: “Erkinlik va intizom”


Download 1.29 Mb.
bet4/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

4-Mavzu: “Erkinlik va intizom”.
Erkinlik va intizom, bu tushunchalarni har bir kishi turlicha talqin qiladi, ya’ni erkinlik deganda ayrim kishilar o‘zining barcha burchlardan, mas’uliyatlardan ozodligini anglasa, intizom deb, o‘ziga nisbatan boshqalarning mas’uliyat bilan yondoshishini tushunishadi. Kimdir bu fikrlarni inkor qilishi mumkin biroq har insonning qaysidir darajada qalbida shunday o‘y – hayollar kechsa ajabmas. Nemis olimi Lyudveg Berne: «Erkinlikni yaxshi ko‘rmaydigan odam yo‘q, ammo haqgo‘y odam uni barcha uchun, nohaq esa faqat o‘zi uchun talab qiladi» degan edi. Jamiyatda ayrim insonlarning farzandlarini erkalab, ularning xohish – istaklarini amalga oshirishda, jamiyatning turli qonun qoidalarini buzushi, pisand qilmasligi kabi holatlar uchrab turadigan haqiqatdir. «Faqat nodonlargina beboshlikni erkinlik deydilar» izohlagan edi antik dunyo tarixchilaridan biri Tatsit. Beboshlik bilan erkinlikning katta farqi bor.
“Beboshlik – bu hech bir qonun qoidaga amal qilmaslik, axloq me’yorlariga rioya etmaslik yoki ularni pisand qilmaslik” diya sodda qilib ta’riflash mumkin. Italyan tarixchisi Karlo Juzeppe Bottaning erkinlik haqida haqli ta’rif bergan quyidagi so‘zlarini aytib o‘tish joiz: «Erkinlik – barcha uchun odil va teng bo‘lgan jamiyat qonunlariga boshdan oxir og‘ishmay rioya qilishdan bo‘lak narsa emas»
Albatta, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar erkinligi axloq-odob me’yorlari, diniy aqidalar va davlat tomonidan o‘rnatilgan qonun-qoidalar asosida tartibga solinadi. XX - asrga kelib taraqqiyot shu darajada yuksaldiki, endilikda jahon bo‘yicha umumiy bo‘lgan turli tashkilotlar tuzilishni, deklaratsiyalar, paktlar, ishlab chiqilishini talab qildi. Shunday deklaratsiyalardan biri «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»dir. Bu deklaratsiya dunyodagi jamiki insonlarning teng va erkin ekanliklaridan dalolat beruvchi hujjatdir. «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning birinchi moddasida:
«Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlari bo‘yicha erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar...» deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi 1991 – yil 30 – sentabrda «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni rasmiy ravishda tan oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarda birinchi navbatda insonlarning erkinligi, teng huquqlarga ega ekanligi belgilangan. Konstitutsiyamizda shaxs manfaati uning erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlariga nisbatan ustuvorli belgilab qo‘yilgan. Qomusimizning 2-moddasida «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» deyilgan bo‘lsa, 18 – moddada «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqe’idan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart» deb qat’iy mustahkamlangan. Mana shu qoidalar O‘zbekiston davlatining bosh faoliyat mezonini belgilagan bo‘lib, teng, erkin fuqarolik jamiyati qurishda dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizda O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari bajarilish sohalari bo‘yicha uch turga bo‘linadi:
Birinchi: Shaxsiy huquq va erkinliklar ( VII bob, 24-31- moddalar)
Ikkinchi: Siyosiy huquqlar ( VIII bob, 32-35- moddalar)
Uchinchi: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (IX bob, 36-42- moddalar)
Konstitutsiyamizning 20 – moddasida «Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart» deb ta’kidlangan. Demak, har birimiz o‘z huquq va erkinliklarimiz so‘zlash, dam olish, bilim olish, e’tiqod erkinligi, turar-joy tanlash kabilarni amalga oshirishda xudbinlikka yo‘l qo‘ymasligimiz talab etiladi. Konstitutsiyamizning 29 – moddasida: «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin» deyiladi.
So‘zlash va fikrlash bilan inson yer yuzidagi boshqa mavjudodlardan farq qiladi. Insonlar esa bilim darajasi, dunyoqarashi kengligi bilan bir-biriga nisbatan farqlanadi.
Insonlar fikrlarini bayon etishda o‘zgalarning shaxsiyatiga, sha’niga qadr-qimmatiga tegadigan darajada so‘zlashlari mumkin emas. Xuddi shuningdek, davlatning sirlari, xizmat sirlari va harbiy sirlarni oshkor etish ham mumkin emas.
Bunday sirlarning ochilishi davlat manfaatlariga, xavfsizligiga, taraqqiyotiga nisbatan katta zarar olib kelish xavfini vujudga keltiradi. Nemis adibi Klaudius Mattias erkinlikka bergan ta’rifi to‘g‘ridir. U shunday degan: «Erkinlik - o‘zgalarga ziyon yetkazmay turib, jamiki narsalarni qila olish huquqidir».
Konstitutsiyamizda fuqarolarning erkinliklari davlat tomonidan himoyasi kafolatlanganligi belgilangan. 19 – moddada shunday deyiladi: «O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas» deb qat’iy mustahkamlangan.
Milliy istiqlol mafkuramizda shaxs erkinligi g‘oyasi mavjud. O‘z haq-huquqini taniydigan, ayni paytda o‘z manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan insongina milliy g‘oyamiz tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi.
Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan ekanmiz albatta erkinlik degan tushunchani qonunlarga amal qilish deb tushunish to‘g‘ri bo‘lar edi. Zero, fransuz faylasufi Sharl Lui Montesening «Erkinlik qonun yo‘l qo‘ygan barcha narsalarni qila bilish huquqidir» degan haqli mulohozasi hozirda biz qurayotgan jamiyatning har bir a’zosini erkinlikka qonun nuqtai nazaridan yondoshish lozimligini talab etadi.
Erkinlik degan tushuncha bilan yonma - yon intizom degan tushuncha ham birga yuradi. Intizom kim uchundir o‘ta ahamiyatli tushuncha bo‘lsa, kimgadir o‘zi e’zozlagan tushunchalardan keyinda turuvchi tushunchadir. Qattiq intizom o‘rnatilgan Iskandar Zulqarnay armiyasi, Chingizxon, Amir Temur va Suvorov qo‘mondonlik qilgan armiyalar dunyoning eng qudratli davlatlarini o‘zlariga bo‘ysundirishgan.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling