8-ma’ruza. 1-yoshgacha va kichik yoshdagi bolalar mahsulotlari texnologiyasi


Ona va turli hayvon sutlari tarkibi


Download 53.79 Kb.
bet2/5
Sana05.09.2023
Hajmi53.79 Kb.
#1672844
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Ma\'ruza

Ona va turli hayvon sutlari tarkibi

Ko‘rsatkichlar

Sutnoma

Ona

Ot

Eshak

Tuya

Qo‘y

Echki

Sigir

Suv, %

87,5

89,8

90

86,4

84,6

81,6

87,4

Quruq modda, %

12,5

10,7

10

13,6

15,4

18,4

12,6

Oqsillar, %

1,25

2,1

1,9

3,5

5,7

3,6

3,3

Kazeinlar, %

0,5

1,2

-

2,6

4,5

3,0

2,7

Albumin+globulinlar, %

0,75

0,9

1,9

0,9

1,2

0,6

0,6

Yog'lar, %

3,5

1,8

1,4

4,5

7,2

1,4

3,9

Karbonsuvlar, %

7,5

6,4

6,2

4,9

4,6

6,2

4,7

Kul modda, %

0,2

0,4

0,5

0,7

0,8

0,5

0,7

Quvvati, katta kaloriya

68

52

46

76

108

46

69

Ona sutining tarkibidan habar topgan har bir kimsa, jumladan shifokorlarimiz ham, o‘sayotgan bola tanasi uchun ozuqaviy moddalarga bo'lgan talab har vaqt qanday bo'lishi bilan qiziqadi. Bu masala keskin kontinental iqlimga ega bo'lgan O'zbekiston sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi, chunki bola tanasi tashqi muhit omillariga moslashuvi uchun katta va chuqur jarayonni o'tishi kerak.


Sobiq SSSR, jumladan Rossiya olimlarining fikricha, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tanasining ozuqaviy moddalarga (oqsillar, yog'lar, karbonsuvlar va h.k.) bo'lgan ehtiyoji bolalarning ovqatlanish turiga bog‘liq. Bu masalaga bizning munosabatimiz o'zgacha, chunki bolalarning ovqatlanish masalasiga e’tibor qaratilar ekan, avvalo sog'lom o'sib, unayotgan bolalar ovqatlanishini yoritish maqsadga aynan mos kelar edi. Me’yorda rivoj topayotgan bola asosan ko'krak ona suti bilan boqiladi. Qolgan hollarda esa bolalar aralash yoki sun’iy usul bilan boqiladi. Ikkinchi tomondan, bolalar tanasining ozuqaviy moddalarga talabini yoritishdan oldin ularning o'sish-taraqqiyot davrini bilish zarur, chunki o'sayotgan bola tanasi bu davrlarsiz, ularni boshidan kechirmay turib, katta bo'lmaydi (65-jadval).

  1. jadvaldagi ma’lumotlardan ko'rinib turibdiki, bola bir yoshga to'lgunicha, kamida 8 tarraqqiyot davrlarini bosib o‘tishi lozim. Shunisi qiziqki, bolaning tanasi har bir davrda ma’lum o'zgarishlarni boshidan kechiradi. Bunday o‘zgarishlar bola tanasida O'zbekiston sharoitida ancha keskin ravishda kechishi turgan gap. Shu boisdan bir yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishi haqida so‘z yuritishdan oldin, yil fasllari O‘zbekistonda qanday belgilar bilan boshqa mintaqalardan, jumladan, Rossiya Federatsiyasidan ajralib turishini ko‘zdan birbor kechiramiz.

  1. jadval

Bir yoshgacha bo'lgan bolalarning o‘sish, taraqqiyot davri

Davrlar

Davrlaming davom etishi

1

“Og‘iz suti” - bola tug‘ilganidan so‘ng 1- 3 kun

II

“O‘tkinchi sut” - bola tug'ilganidan so‘ng 4-5-6- kun

IIl

“Yetilgan sut” - bola tug'ilganidan so‘ng 7-10- kunlar

IV

“Chaqaloq” - “Chilla” - bola tug'ilganidan so‘ng 11 kundan tortib 2 hafta, 28 kun, hatto 40 kungacha

V

Bola tug'ilganidan so‘ng birinchi 2-3- oy

VI

Bola tug'ilganidan so'ng 4-6-oylar

VII

Bola tug'ilganidan so'ng 7-9-oylar

VIII

Bola tug'ilganidan so'ng 10-12- oylar

Eslatma: Sharqiy odatga ko'ra «chilla» davri 2 ga ajratiladi: kichik — dastlabki 20 kungacha, katta — 21-40 kun orasida


0‘zbekiston Respublikasi 0‘rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, dengiz va okeanlardan ancha yiroqda: jazirama yozi va nisbatan sovuq, ayrim yillarda qahraton qishi, namgarchilikning ozligi, ob- havoning quruqligi, bulutlarning kamligi, quyosh nurlanishining bisyorligi bilan belgilanadi. Natijada 0‘zbekiston iqlimi keskin kontinental, kecha-kunduzi, oy va yil mobaynida tez-tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Buning dalili sifatida 66-jadval ma’lumotlariga murojaat etamiz.

  1. jadval

O‘zbekiston Respublikasida yil fasllarining asosiy belgilari

Ko'rsatkichlar

Yil fasllari (o'rtacha, 1 oy mobaynida)

Bahor

Yoz

Kuz

Qish

Havo harorati, t°C

14,3

25,35

12,7

0,5

Havoning nisbiy namligi, %

59,7

41,4

56,7

75

Havo bosimi, P mm simob ustuni

715,4

710

718,3

720

Quyosh nurlanishi, m/d /m1

790

839

576,5

346,6

Shamol tezligi, m/sek

2,9

2,6

2,7

2,5



  1. jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 0‘zbekiston iqlimi ko'rsatkichlari orasida eng kam darajada o‘zgaradigani havo bosimi va shamol tezligidir. Ammo shuni unutmaslik kerakki, yozning ayrim jazirama kunlari issiq haroratli “Garmsel” yoki “Afg‘on” shamollari esib turadi. Bunday shamollarning bola tanasiga ta'siri izsiz qolmas. 66-jadvaldagi qolgan ko‘rsatkichlarning o'zgarishlari sezilarli darajada. Masalan, havo harorati yoz bilan qish orasida 50 dan ziyod marotaba bir-biriga zid ravishda o‘zgarsa, havoning nisbiy namligi 1,8 marta, quyosh nurlanishi esa 2,6 marta o‘zgaradi.

Demak, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, 0‘zbekiston iqlim sharoitida, bolalar tanasiga asosan 3 tashqi muxit omillari ta’sir etadi. Sanab o‘tilgan omillar ichida havo haroratining o‘zgaruvchanligi 0‘zbekistonning janubiy qismlarida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Masalan, Termez shahrida havo harorati +500CS bo'lishi sir emas. Bunday baland harorat jihatidan O'zbekiston Respublikasi Sahroi- Kabir va Kaliforniyadagi O‘lim vodiysidan atigi +70CS past turar ekan. Undan tashqari, saxro-cho‘llardagi qum uyumlarining ustki qismlari harorati +80°C bo'lib turishini ham unutmaslik zarur.
Yuqorida keltirilgan daliliarga suyangan holda chaqaloq va bir yoshgacha bo'lgan bolalar tanasida O‘zbekiston iqlim sharoitida fasllar bo'yicha bo'ladigan o'zgarishlarga to'xtalib o'tamiz.
Bolalar yorug' dunyoga kelganlaridan so'ng, ular tanasidagi fasliy o'zgarishlar murakkab reflektor xususiyatlarga ega bo'lib, nasliy a’zolarda yig'ilgan genetik dastur asoslari bilan belgilanadi. Bunday dasturning amalga oshuvi, tashqi muhit sharoitiga, jumladan tashqi muhit haroratiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, tana holatining ko'zgusi bo'lmish qonda ham murakkab siljishlar ro‘y beradi (67-jadval). Mazkur jadvaldagi ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, qon ko'rsatkichlarining ko'pchiligi yoz faslida sezilarli darajada o'zgaradi. Yoz faslida boshqa fasllarga nisbatan qonning suyulishi, pH ning pastligi, kislorod, eritrotsitlar, gemoglobin, leykotsitlar miqdorining kamayishi, plazma, xlor, kaliy va kaltsiy moddalarining ko'tarilishi ko'zga tashlanadi. Bu faslda hattoki ECHT — eritrotsitlarning cho'kish tezligi ham ortar ekan. Demak, yoz fasli mobaynida bolalar qonida chuqur o'zgarishlar vujudga keladi va ulami bolalarning ozuqaviy moddalarga bo‘lgan talabini qondirish hamda kundalik taomnomasini tuzishda hisobga olmaslik mumkin emas.
Harorati baland yoz faslida bolalar tanasida qondan tashqari, boshqa to'qima va a’zolarda, moddalar almashinuvi jarayonida ham o'zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, I.A. Arshavskiy (1971) ma’lumotiga ko‘ra, bunday sharoitlarda mushaklaming taranglashish holati ortadi, ortiqcha anabolizm vujudga keladi, natijada mushaklardagi va boshqa a’zolardagi protoplazma vazni ko'payadi va shuning bilan bola tanasining umumiy o'sishi ta’minlanadi.
“Chilla” davridagi chaqaloq bolalarda buyrak orqali suvning chiqishi boshqa yoshdagi bolalarga nisbatan kam bo‘lib, ular peshobidagi tuz moddalari va osmomolyarligi past.

  1. jadval


Download 53.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling