8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi
Download 296.81 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (1)
O’RIK YELIMI - GUMMI ARMENIACAE O’simlikning nomi. O’rik -
Armeniaca vulgaris Lam.; ra’noguldoShlar - -Rosaceae oilasiga kiradi. Buyi 5-8, ba’zan 17 m ga yetadigan daraxt. Bargi tuxumsimon, arraga o’xShash qirralari bo’lib, band yordamida poyada ketma-ket joylashgan. Gullari olxo’ridoShlar kenja oilasiga xos. Mevasi - danakli xo’l meva. Mart - aprel oylarida (barg chiqarmasdan oldin) gullaydi, mevasi iyun - -avgustda pishadi. Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda O’pta Osiyoning tog’li tumanlarida dengiz sathidan 500-1200 m balandlikda o’sadi. O’rikning juda ko’p navlari qadimdan Moldova, Ukraina, Rossiyaning Ovro’po qismining janubida, O’pta Osiyo, Kavkaz va boshqa tumanlarda o’stiriladi. Mahsulot tayyorlash. O’rik yelimi daraxt po’stlog’ining darz ketgan joyidan oqib chiqadi. Ana Shu yelim yig’ib olinadi Mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’rik yelimi rangsiz, yoki och sariq rangli, qattiq, mo’rt, yaltiroq va katta-kichik bo’laklardan iborat. Yelim kukuni (poroShogi) esa oq yoki sarg’ish rangli bo’lib, hidsiz, chuchmal mazaga ega. O’rik yelimi suvda (1:3) tamoman eriydi. Suv qizdirilsa, erish jarayoni tezlashadi. Kimyoviy tarkibi. Yelim asosan arabindan iborat bulib, tarkibida 44 % galaktoza, 41,5 % arabinoza, 16,4 % glyukuron kislota hamda 2,4 % mineral, 0,6 % oqsil moddalar bo’ladi. Ishlatilishi. O’rik yelimi Chet eldan keltiriladigan gummi arabika o’rnida emulsiya tayyorlashuchun emulgator sifatida ishlatiladi. O’rik yelimi o’rnida olxo’ri va gilos yelimini ham ishlatish mumkin. Savollar: 1. Dorivor o’simlik xomashyosidan ajratib olingan efir moylarining tarkibida kanday yot aralashmalar bo’lishi mumkin ? 2. Ular qanday aniqlanadi? 3. Efir moyining son ko’rsatkichlarini aytib bering va ular qanday aniqlanadi? Adabiyotlar 1. Gosudarstvennaya Farmakopeya X1 izd. vыp.1 i 2. - M.; 1987; 1991 2. Maxkamov S.M., Usubbaev M.U., Nuritdinova A.I. Tayyor dorilar texnologiyasi-Toshkent,1994.-325b. 3. Texnologiya lekarstvennыx form/Pod.red.prof. L.A.Ivanovoy M.; 1991 4. PromыShlennaya texnologiya lekarstv / Pod red. prof. V.I.CHueShov Tom 1-2,Xarьkov,2002. 5. Mirolimov M.M. Yig’indi preparatlar texnologiyasi - T.,2002, b. Download 296.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling